O‘zbekiston voleybol federatsiyasi vakillari AVC Bosh assambleyasida qatnashdi
Tailandning Bangkok shahrida Osiyo voleybol konfederatsiyasining (AVC) 26-Bosh assambleyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi vakillari xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida bir qator davlatlarning voleybol federatsiyalarining rahbarlari, Osiyo voleybolining yetakchi ekspertlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Osiyo qit’asida voleybolni yanada rivojlantirish, federatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro musobaqalarni rivojlantirish hamda voleybol boshqaruvi va rivojlanish dasturlarini takomillashtirish masalalarini qamrab olgan assambleyada AVC faoliyati va moliyaviy hisobotlari, federatsiyalarning ish tizimi, hakamlar va murabbiylar yo‘nalishi, sohil voleyboli, tibbiyot va rivojlanish qo‘mitalari takliflari, shuningdek, AVC Konstitutsiyasini yangilash masalalari muhokama qilindi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA