Ma’lumki, davlatimiz rahbari Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-24 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Yevropa Ittifoqi poytaxtida ushbu birlashmaning asosiy institutlari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tarixiy tashrif oldidan o‘zaro hamkorlikning hozirgi bosqichi va istiqboli xususida Yevroittifoqning mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Renata Vrubel qisqacha fikrlarini bildirdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifidan juda mamnunmiz. Bu haqiqatan tarixiy lahza. Biz oktyabrni Bryusselda O‘zbekiston oyi, noyabrni esa O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi oyi deb ataymiz. Zero, keyingi oy uch nafar komissarimiz yurtingizga tashrif buyurib, iqtisodiy forum, Transkaspiy transport yo‘lagi investitsiya forumi, turizm konferensiyasidan kabi qator muhim tadbirlarda qatnashadi.

Muloqot faollashishi respublikadagi iqtisodiy vaziyatga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi yordamidaekologiya bilan bog‘liq va boshqa umumiy muammolarni hal qilishga kelishib olamiz. Masalan, iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatish ilg‘or texnologiyalar almashinuviini talab qiladi.Buning uchun o‘zbekistonlik va yevropalik olimlar, mutaxassislar hamkorligi mutlaq zarur jarayon.

Soha mutaxassislarini tayyorlash ham dolzarb vazifa. Bu borada ta’lim bo‘yicha birga ishlash imkoniyatimiz bor. Umuman, rivojlanish istiqboli boshqa ko‘plab sohalarga ham tegishli.

Hujjatda raqobatga ham jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu yo‘nalishdagi sheriklik O‘zbekiston iste’molchilari uchun narx-navoni pasaytirish imkonini yaratadi va ayni payt kichik hamda o‘rta korxonalar faoliyatinirivojlantiradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vsXjQehyK0w" title="O‘zbekiston va YEI: siyosiy muloqotdan amaliy hamkorlikka" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘.Alimov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va YeI: siyosiy muloqotdan amaliy hamkorlikka (+video)