Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari ildizi bir necha ming yillik tarixga borib taqaladi. Xususan, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ta’lim, madaniy-gumanitar hamkorlik, shuningdek, xavfsizlik, yuqori texnologiyalar va sog‘liqni saqlash sohasidagi aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.

Ayni paytda mamlakatimizda bo‘lib turgan Xitoy xalq diplomatiyasi assotsiatsiyasi rahbari o‘rinbosari Lyu Bivey boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizning turli vazirlik, idoralarida, oliy ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri kecha mamlakatimizdagi Xitoy elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha idorasida o‘tkazildi.

Davra suhbatida Xitoy xalq universitetining tashqi strategik aloqalar markazi direktori Szin Sanjun, Xitoy xalq universiteti professori Van Ivey, Xitoy tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati departamentining birinchi kotibi An Nin va mamlakatimizdagi yetakchi nashrlarning vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, yaqin yillar ichida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik munosabatlar jadal va barqaror tus oldi. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari barcha darajadagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, yangi ufqlar ochmoqda.

– O‘zbekistonga ikkinchi tashrifim bo‘lishiga qaramay, xuddi ilk bor kelgandekman, – deydi janob Lyu Bivey. – Yigirma yil avvalgi O‘zbekiston butunlay o‘zgarib ketganini ko‘rdim. Bundan tashqari, O‘zbekistonda xitoy madaniyati, tili, iqtisodiyoti, tarixiga qiziqish ham kuchli ekan. Kuni kecha delegatsiyamiz a’zolari bilan Toshkentdagi Sharqshunoslik universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdik, shuningdek, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyida ham bo‘lib, aloqalarimiz o‘tmishi va bugunidan guvohlik beruvchi eksponatlarni tomosha qildik. Bilamizki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ayni paytdagi munosabatlarimiz ham “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi orqali yanada rivojlanmoqda deyishim mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston va Xitoy manfaatlari va taqdiri mushtarak, quvonch va tashvishni birgalikda baham ko‘radigan, teng huquqli sheriklardir. Ikki mamlakat ham qadimiy tarixga ega bo‘lib, ularni madaniyatlar mushtarakligi o‘zaro birlashtirib turadi va yanada yaqinlashtiradi.

Samimiy ruhda kechgan yig‘ilish davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, O‘zbekistonda qo‘shma oliy ta’lim muassasasini tashkil etish muhimligi alohida qayd etildi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5BiKapSCVt0" title="O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Alimov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda (+video)