Bugun Toshkentda ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari rektorlarining ikkinchi anjumani boshlandi. Tojikiston Ta’lim va fan vazirligining ma’lum qilishicha, anjumanda Tojikistonning 17 ta oliy o‘quv yurti vakillari ishtirok etmoqda, deb yozdi “Xovar” axborot agentligi.

Anjuman ochilishida so‘zga chiqqan Tojikiston ta’lim va fan vaziri Rahim Sayidzoda mazkur tadbirning yuqori darajada o‘tkazilishida ikki mamlakat rahbarlarining alohida e’tibori muhim o‘rin tutganini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida: o‘tgan yili Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari rektorlarining birinchi anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu muhim yig‘inda ikki do‘st mamlakat universitetlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 20 ta hujjat imzolangan.

Erishilgan kelishuvlar natijasida ko‘plab tojikistonlik va o‘zbekistonlik talabalar ta’lim almashinuvi dasturiga muvofiq, ikki mamlakat oliy ta’lim maskanlarida tahsil olishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Tojikiston oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ilishdi