Özbekiston va Sloveniya ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
Ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş, yangi texnologiyalarni iqtisodiyotga jalb etiş hamda ilmiy ğoyalarni amaliy loyihalarga aylantiriş innovatsion rivojlanişning muhim yönalişlaridir. Bu borada xalqaro şeriklik yangi tajriba va imkoniyatlar uçun yöl oçadi.
Bunday hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Innovatsion rivojlaniş agentligida Özbekiston va Sloveniya örtasida birinçi innovatsion loyihalar forumi bölib ötdi. Unda ikki mamlakat davlat idoralari, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy taşkilotlar va biznes vakillari iştirok etdi.
Forumda Innovatsion rivojlaniş agentligi direktori örinbosari Javlonbek Abdujalilov va boşqalar sözga çiqib, ikki davlat örtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va innovatsion işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş masalalariga töxtaldi.

Mazkur tadbir Özbekiston Prezidentining 2025-yil may oyida Sloveniyaga rasmiy taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar ijrosi doirasida taşkil etildi. Forum Innovatsion rivojlaniş agentligi, Sloveniya Taşqi va Yevropa işlari vazirligi hamda "SPIRIT Slovenia" biznesni rivojlantiriş agentligi hamkorligida ötkazildi.
Muzokaralarda muhim xomaşyo va noyob yer metallari, nanomateriallar, geologiya, konçilik, metallurgiya, foydali qazilmalarni boyitiş va qayta işlaş sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari körib çiqildi.
Şuningdek, ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş, universitetlar huzurida spin-off korxonalarini taşkil etiş, texnologiyalar transferi, startaplarni rivojlantiriş va yoşlarning muhandislik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalariga ahamiyat qaratildi.
Uçraşuvda Sloveniyaning innovatsion ekotizimi, texnologiyalar transferi mexanizmlari va startaplarni rivojlantiriş böyiça tajribasi taqdim etildi. Tomonlar qöşma ilmiy loyihalarni işlab çiqiş, akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş va universitetlararo aloqalarni kengaytiriş yuzasidan ham fikr almaşdi.
Forum doirasida anglaşuv memorandumi imzolanişi ham ikki tomonlama aloqalarni amaliy loyihalar bilan mustahkamlaş yölidagi qadamlardan biri böldi.
Agentlik axborot xizmati maʼlumotiga köra, bunday muloqotlar ilmiy muassasalar va biznes tuzilmalari örtasida töğridan-töğri aloqalarni rivojlantiriş, texnologiyalarni iqtisodiyotga olib kiriş hamda ikki mamlakatning innovatsion salohiyatidan samarali foydalanişga keng yöl oçadi.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA