Rasmiy munosabat

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalqimiz hayotini yaxshilash, mintaqamiz va dunyodagi barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan faol tashqi va ichki siyosatni yuritmoqda. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar va boshqa tarmoqlarda, jumladan, harbiy sohadagi hamkorlik rivojlanmoqda. 

Biroq, internet tarmog‘idagi ayrim saytlar joriy yil 27-28 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali S.K. Shoyguning O‘zbekistonga  tashrifi yakunlari bo‘yicha quyidagi savollarni bera boshladi:

Strategik sheriklik doirasida Rossiya qo‘shinlarining O‘zbekistonga kiritilish ehtimoli borligidan xavfsirash.

Rossiyadagi harbiy to‘qnashuvlarga O‘zbekiston Respublikasining aralashish ehtimolining borligi.

G‘arb davlatlari tomonidan O‘zbekiston  tashqi siyosatiga salbiy baho berish ehtimoli.

Rossiyaning O‘zbekistonga ta’siri  kuchayib borayotganidan  norozilik.

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurati. 

Qayd  etish joizki, ushbu barcha xavotirlar mutlaqo asossiz va hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil), Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi (2012 yil), Mudofaa doktrinasi (2018 yil) kabi mudofaa sohasidagi asosiy hujjatlarda bu savollarga  aniq javoblar keltirilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasida quyidagicha yozilgan:

“O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati quyidagi prinsiplarga asoslangan:

o‘z hududida chet el harbiy bazalari va ob’ektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o‘rnatish bilan bog‘liq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi».

Shu nuqtai nazardan Rossiya qo‘shinlarining O‘zbekistonga kiritilishi hamda Rossiyaning harbiy to‘qnashuvlariga O‘zbekistonning aralashashishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni bo‘rttirish asossizdir. 

Ikkinchidan, O‘zbekiston – o‘zining ichki va tashqi siyosatini o‘zi belgilaydigan suveren davlatdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir...”

Shu bois g‘arb davlatlari tomonidan O‘zbekiston  tashqi siyosatiga salbiy baho berishi mumkinligidan qo‘rqish, Rossiyaning O‘zbekistonga ta’sirining  kuchayib borayotganidan  norozilik va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi to‘g‘risidagi talablar ham o‘zini oqlamaydi. 

Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan ham, Yevropa, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, AQSH bilan ham hamkorligi ishonch, teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida qurilgan. 

O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida kengaytirilgan me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, u qurolli kuchlar faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yuritish va faollashtirish imkonini beradi. 

Bunday hamkorlikning asosini avvalombor, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 2004 yil 16 iyulda imzolangan Strategik  sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma hamda 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma tashkil etadi. 

Ochiq va vijdonan tan olish kerakki, bugungi kunda Rossiya O‘zbekiston aholisining tinch hayotini ta’minlash, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qurol va harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha eng yirik sherik bo‘lib qolmoqda.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  O‘zbekiston tashqi siyosatining mantiqiy davomidir, Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikning O‘zbekiston Respublikasi uchun turli oqibatlari to‘g‘risidagi bir yoqlama mulohazalar asossizdir. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy

 kommunikatsiyalar  departamenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2025 yilgacha harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi imzolangani munosabati bilan bildirilayotgan xavotirlar asossiz