So‘nggi yillarda O‘zbekiston yangilangan tashqi siyosiy konsepsiyasi doirasida mamlakat an’anaviy sheriklari bilan tashqi aloqalarni mustahkamlash va xalqaro tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirish bilan bir qatorda o‘z hamkorlari jo‘g‘rofiyasini kengaytirish yo‘lidan bormoqda.

Mazkur tendensiya ayniqsa O‘zbekistonning Ko‘rfaz arab davlatlari bilan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqanida yaqqol aks etadi. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu mintaqa davlatlari bilan munosabatlar ham ko‘p tomonlama, ham ikkitomonlama formatlarda rivojlanmoqda. 

"Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari kengashi" Strategik muloqotining tashkil etilishi va ushbu formatdagi hamkorlik doirasida 2023 yilda birinchi oliy darajadagi sammitning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi O‘zbekistonning mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarining yorqin namunasidir. Rasmiy Toshkent Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu jarayonda Quvayt davlati bilan hamkorlik ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Jumladan, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston Quvayt bilan siyosiy muloqotni kuchaytirdi. 2024 yilning aprel oyida Quvayt Tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Birgina 2024 yilning o‘zidayoq ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida 5 marta muzokaralar tashkil etildi. 

Muloqot iqtisodiy idoralar va ishbilarmon doiralari o‘rtasida ham kuchaytirildi. O‘tgan yilda 100 dan ortiq O‘zbekiston tadbirkorlarining Al-Quvayt shahriga tashrifi amalga oshirildi. 2024 yil may va avgust oylarida Quvaytda 2 marta biznes forum va “Made In Uzbekistan” ko‘rgazmalari tashkil etildi. O‘z navbatida O‘zbekistonda ham 31 kishilik quvaytlik ishbilarmonlar delegatsiyasi ishtirokida biznes forumlari o‘tkazildi. 

Ta’kidlab o‘tish lozimki, munosabatlar dinamikasining bunday tarzda faollashuvi bejizga emas. Quvayt O‘zbekiston uchun har tomonlama manfaatli sherik hisoblanadi. Bu bir qancha omillar bilan bog‘liq.

Birinchidan, ikki mamlakatning tashqi siyosiy konsepsiyalari bir-biriga juda o‘xshash. O‘zbekiston ham, Quvayt ham o‘z taraqqiyot istiqbollarini o‘zlari joylashgan mintaqa davlatlari bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rishadi. O‘zbekiston bugungi Markaziy Osiyoning yaxlitligida va barqarorligida qanday muhim rol o‘ynasa, Ko‘rfaz davlatlari mintaqaviy hamkorlik formatining rivojida shunday muhim o‘rin Quvayt davlatiga tegishlidir.

Shu o‘rinda, Quvaytning marhum amiri Shayx Jabar al-Ahmad al-Sabah Arab ko‘rfaz davlatlari kengashining tuzilishidagi asoschilardan biri bo‘lganligini eslash kifoya. Mana shunday tarixiy vazifani zamonaviy bosqichda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham amalga oshirdi. Uning O‘zbekiston prezidenti etib saylanishi Markaziy Osiyodagi siyosiy vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 

O‘zbekiston o‘z qo‘shnilari bilan yaqinlashish va mintaqaning kelajagini birgalikda qurish yo‘lini tanladi. O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan mintaqa rahbarlari Maslahatlashuv uchrashuvlari hozirgi kunda jadal hamkorlikni ta’minlash uchun eng asosiy mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ikkinchidan, mamlakatlar xalqaro tashkilotlardagi ishtiroklari doirasida umumiy yondashuvlarga ega. Jumladan, Quvayt va O‘zbekiston Birlashgan millatlar tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar platformalarida bir-biriga yaqin qarashlar va takliflar bilan chiqishadi. Ikki davlat ham xalqaro xavfsizlik masalalarini birgalikda hal qilishga va barqaror inklyuziv taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishadi. Rasmiy Toshkent va Al-Quvayt o‘zaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali yuqoridagi tashkilotlarda bir-birlari uchun siyosiy tayanch bo‘lib kelishmoqda. 

Uchinchidan, ikki davlat iqtisodiy taraqqiyot strategiyalarida uyg‘unlik mavjud. O‘zbekiston ham, Quvayt ham ichki kun tartibi markaziga iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va uning tarmoqlarini diversifikatsiya qilish kabi vazifalarni qo‘yishgan. Mazkur maqsadlar aynan “Yangi O‘zbekiston-2030” va “Yangi Quvayt-2035” strategiyalarida o‘z aksini topgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ikki mamlakat ham deyarli bir xil tarixiy rivojlanish bosqichini, ya’ni chuqur transformatsiya davrini bosib o‘tmoqda. 

Ushbu jarayonning muvaffaqiyati nafaqat ichki omillar, balki tashqi qulay muhit yaratish bilan ham chambarchas bog‘liq. Shu sababli, ikki davlat iqtisodiyotga sarmoyalar jalb etish va yangi bozorlarga chiqishdan manfaatdor. O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy muvofiqlashtirishning yo‘lga qo‘yilishi tomonlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘ladi.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston va Quvayt uchun ikkitomonlama  iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish birdek foydali. Bu ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy va jo‘g‘rofiy ahamiyati hamda strategik maqsadlari bilan chambarchas bog‘liq. 

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muhim jo‘g‘rofiy ahamiyatga ega davlat bo‘lib, mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan chegaradosh yagona respublikadir. U orqali Yevrosiyo bozorlariga chiqish imkoniyati mavjud. Shuningdek, mamlakat kelajakdagi asosiy xalqaro quruqlik yo‘llari kesishmasida joylashgan.

Bu O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyoning global iqtisodiyotning yangi modelida o‘z mavqeini mustahkamlashi, G‘arb va Sharqni bog‘lovchi an’anaviy transport yo‘lagi sifatidagi rolini qayta tiklashi mumkinligini anglatadi.

Quvaytning joylashuvi ham mintaqaviy va global jihatdan strategik ahamiyatga ega. O‘zbekiston quruqlik yo‘llari chorrahasida bo‘lsa, Quvayt dengiz savdo yo‘llari kesishgan nuqtada, Yaqin Sharq mintaqasining markazida joylashgan.

Bu omillar O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi sanoat hamkorligi uchinchi davlat bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratishini ko‘rsatadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo bozorlari Quvayt iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va yoqilg‘i mahsulotlariga bog‘liqlikni kamaytirish uchun muhim vosita bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida O‘zbekiston Quvayt bilan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish orqali o‘z mahsulotlarini dengiz savdo yo‘llariga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ikki davlat bir-biri uchun logistik markaz vazifasini bajarishi mumkin.

Mamlakatlarning iqtisodiy ahamiyati ham muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti bo‘lib, so‘nggi yillarda yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. So‘nggi 7 yilda mamlakat YAIM ikki barobarga oshdi. 2024 yil yakunida O‘zbekiston YAIMi 6,5% o‘sib, 115 milliard dollarni tashkil etdi.

Quvayt esa dunyo va Yaqin Sharq mintaqasi iqtisodiyoti uchun salmoqli ahamiyatga ega. Ayniqsa Amirlik hozirgi global energetik xavfsizlik arxitekturasida beqiyos o‘ringa ega. Quvayt dunyodagi neft eksport qiluvchi yirik 10 ta davlatdan biri hisoblanadi. Neft zahiralari bo‘yicha Ko‘rfaz davlatlari ichida ikkinchi, dunyoda oltinchi o‘rinni egallaydi. O‘zining boy resurslarga egaligi tufayli mamlakat aholi jon boshiga hisoblaganda dunyodagi eng yirik iqtisodlardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagi omillarni jamlagan holda, O‘zbekiston va Quvayt hamkorligi uchun manfaatli bo‘lgan bir qancha sohalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. 

Savdo. So‘nggi 5 yilda O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi savdo ayirboshlash hajmi 5 baravar o‘sdi. Hozirda O‘zbekistonda Quvayt kapitali ishtirokidagi 7 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Biroq, bu ko‘rsatkich ikki mamlakatning to‘liq iqtisodiy salohiyatini aks ettirmaydi. 2023 yilda Quvaytning tashqi savdo aylanmasi 164 milliard dollarni, O‘zbekistonniki esa 63 milliard dollarni tashkil etdi. 2024 yilda imzolangan savdo jarayonlarini yengillashtirish to‘g‘risidagi bitim tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Investitsiya. Quvayt katta investitsion potensialga ega. “Quvayt investitsion boshqarmasi” moliyaviy imkoniyatlari bo‘yicha Ko‘rfaz mintaqasida ikkinchi, dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi.

Uning hozirgi kundagi mablag‘lari hajmi deyarli 1 trillion dollarga yaqin. Amirlikka tegishli boshqa bir fond – “Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi” Yaqin Sharq mintaqasida birinchi bo‘lib tashkil etilgan – rivojlanayotgan davlatlarga imtiyozli grant va kreditlar beruvchi nufuzli tashkilot sanaladi. 

O‘z navbatida, O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar jamlangan yirik investitsion maydonga aylanmoqda. 2017 yildan beri rasmiy Toshkent mamlakat iqtisodiga qariyb 80 milliard dollar miqdordagi xorijiy mablag‘larni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Quvayt sarmoyadorlari uchun yangi istiqbolli yo‘nalish bo‘lishi mumkin. 

Turizm. 2022 yilda Quvayt xizmatlar importining deyarli yarmi (47%) turizm sohasiga to‘g‘ri kelgan. Quvaytlik sayyohlar chet ellarda 10 milliard dollardan ortiq pul sarflashgan. O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi, Sharq ilm-fani va islom madaniyatining tarixiy markazlaridan biri sifatidagi maqomi tufayli Quvaytlik sayyohlar uchun muhim turizm yo‘nalishlardan biriga aylanishi mumkin. 

Raqamli iqtisodiyot. O‘zbekiston va Quvayt o‘z iqtisodiyotlariga jadallik bilan zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etayotgan davlatlar hisoblanishadi. Bugungi kunda Quvayt informatsiya va kommunikatsion texnologiyalar bozori hajmi 22 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, O‘zbekiston raqamli iqtisodiyoti qariyb 4,5 milliard dollarni tashkil etadi. Shuning uchun ham Quvayt davlati O‘zbekiston bilan raqamli infrastrukturani iqtisodiyotga muvaffaqiyatli integratsiya qilish bo‘yicha o‘zining boy tajribasi bilan bo‘lishishi mumkin. Hamkorlikning bunday tarzda rivojlanishi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor maqsadlariga to‘liq mos keladi. 

Qishloq xo‘jaligi. Quvayt davlatining qishloq xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlati cheklangan. Xususan, Quvayt oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojlarining 94%ga yaqinini import orqali ta’minlaydi. O‘zbekiston oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori potensiali tufayli Quvayt oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda istiqbolli hamkor bo‘lishi mumkin. 

Ayniqsa mazkur hamkorlik qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini yaratish orqali rivojlanishi mumkin. Shu o‘rinda Quvaytning mazkur yo‘nalishda katta tajribaga ega ekanligini eslatib o‘tish lozim. Jumladan, so‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Quvayt 21 ta Afrika davlatida 45 ta qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtirgan. 

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va Quvaytning iqtisodiy va innovatsion sohalardagi hamkorligi ikki davlatning keyingi izchil taraqqiyotini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi. Ikki davlat o‘rtasidagi ikkitomonlama munosabatlarning izchillashuvi mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish uchun yana bir kuchli turtki beradi.

Aziz Karimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar 

instituti (SMTI) yetakchi ilmiy xodimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Quvayt: o‘zaro manfaatli hamkorlik sari