O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari kuni kecha Nur-Sulton shahrida o‘tgan ikki mamlakat Bosh vazirlari uchrashuvining samarali natijalarini yuksak baholadilar.

Savdo va logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida, zamonaviy transport kommunikatsiyalari va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Prezidentlar parlamentlararo almashinuv kengayib borayotgani hamda ayni kunlarda Toshkent shahrida Senat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Yetakchilar Markaziy Osiyoda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar