Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining tor doiradagi muzokarasi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor tabriklab, qirg‘iz xalqining farovonligi yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini yuqori baholadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va transport sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi.   

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida mustahkamlab borish, avval qabul qilingan hujjatlarni amalga oshirish yo‘lida qat’iy ekanini tasdiqladi. Barcha sohalardagi hamkorlikni izchil kengaytirish uchun oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni muntazam davom ettirishga kelishib olindi.

2017 yil 5 sentyabrda imzolangan O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnomaning tarixiy ahamiyati qayd etilib, mazkur chegaraning qolgan qismlarini ham delimitatsiya qilish maqsadida Hukumatlararo komissiyaga muzokaralarni faollashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Muloqotda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Ko‘plab masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyasi bir xil ekani namoyon bo‘ldi.

Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekistonning mintaqada hamkorlik va integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvatlashini bildirdi. Tomonlar ushbu formatdagi uchinchi uchrashuvni 2021 yilda o‘tkazish muhimligini qayd etdilar.

Markaziy Osiyoga tegishli barcha masalalar mintaqa davlatlarining o‘zi tomonidan, o‘zaro foyda va manfaatlarni hurmat qilish tamoyili asosida hal etilishi muhimligi ta’kidlandi.

Xalqaro maydonda, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ham yakdil fikr bildirildi.

Sadir Japarov Qirg‘iziston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasiga tashrif buyurishga taklif qildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari strategik sheriklikning dolzarb masalalari bo‘yicha “soatlarini solishtirib oldi”