Özbekiston va Qirğiziston konservatoriyalari örtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Sanʼat yönalişidagi oliy öquv dargohlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş yangi ijodiy loyihalarga yöl oçiş, akademik almaşinuv, talaba va professor-öqituvçilarning özaro tajriba almaşinuvida alohida örin egallaydi. Özbekiston davlat konservatoriyasiga Qirğiz Respublikasi K.Moldobasanov nomidagi Qirğiz milliy konservatoriyasi rektori Gulşan Konuşeva taşrif buyurdi. Mehmonni Özbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor Kamoliddin Örinboyev kutib oldi.
Uçraşuv davomida ikki oliy taʼlim muassasasi örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, taʼlim va ilmiy faoliyatda tajriba almaşiş, ijodiy aloqalarni kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, professor-öqituvçilar hamda talabalar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, kelgusida qöşma loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi. Uçraşuv yakunida özaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan memorandum imzolandi.

Taşrif davomida mehmonlar konservatoriyaning Axborot-resurs markazi, ovoz yoziş studiyasi, konsert zallari hamda talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdi.
Mehmonlar uçun konservatoriya talabalari iştirokida maxsus konsert dasturi ham namoyiş etildi. Yoş ijroçilarning mahorat bilan ijro etgan kuy-qöşiqlari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Konsert ikki xalqning boy musiqiy merosi, milliy qadriyatlari va ijroçilik anʼanalari örtasidagi muştaraklikni yana bir bor namoyon etdi.

Uşbu taşrif va imzolangan memorandum ikki mamlakatning musiqa taʼlimi muassasalari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, özaro tajriba almaşiş va istiqbolli ijodiy loyihalarni amalga oşiriş uçun muhim qadam böldi.
N.Usmonova,
ÖzA