O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan Qirg‘iziston madaniyati kunlari doirasida “O‘zbekiston va Qirg‘iziston madaniy aloqalari: umumiy qadriyatlar, hamkorlik tarixi va istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston fan, adabiyot va san’at sohasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyini tomosha qildilar.  

Ta’kidlash kerakki, ikki mamlakat ham bir kunda – 1991 yil 31 avgustda mustaqillikni qo‘lga kiritgan. Diplomatik aloqalar 1993 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, shundan beri o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi 213 ta hujjat qabul qilingan. Ular orasida 1996 yil 24 dekabrdagi Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda 2017 yil 5 oktyabrdagi Strategik sheriklik, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiyani alohida tilga olish lozim.  

O‘zbek va qirg‘iz xalqi o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari esa asrlarga borib taqaladi. Bu do‘stlik ikki xalqning adabiyotida, san’atida aks etib keladi. G‘afur G‘ulom, Oybek, Mirtemir, Abdulla Oripov kabi zabardast adib va shoirlarimizning asarlari Qirg‘izistonda, Chingiz Aytmatov, To‘lagan Qosimbekov, Mar Boyjiyev, Murza G‘aparov singari iqtidorli yozuvchilarning kitoblari O‘zbekistonda sevimli bo‘lib ketgani shundan dalolat.  

[gallery-18345]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning sa’y-harakatlari natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.  

2022 yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ta’sis etgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotning birinchi sovrindori Chingiz Aytmatov bo‘lgani va ushbu yozuvchining nomzodi O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgani ikki xalq do‘stligining yana bir isbotidir.  

Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonning madaniy va gumanitar sohadagi hamkorligi kengayib bormoqda. Ikkala davlatning ilmiy va ijodiy ziyolilari ishtirokidagi ma’rifiy tadbir va safarlar ko‘lami kengaygan. Jumladan, ulug‘ qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida uning byusi o‘rnatildi. Yozuvchining 90 yilligi va 95 yilligi O‘zbekiston va Qirg‘izistonda barobar keng nishonlandi. O‘sh shahridagi Bobur nomidagi O‘zbek musiqali drama teatri ham ikki xalq do‘stligining ramzi bo‘lib qoldi. Teatr binosi O‘zbekiston tomonining faol ishtirokida rekonstruksiya qilindi, yangilangan binoning ochilishida o‘zbek va qirg‘iz san’atkorlari birgalikda spektakl namoyish etdi. Ayniqsa, adabiy sohadagi hamkorlikni alohida ta’kidlash lozim.  

2019 yilda Toshkentda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qirg‘iziston Milliy Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu hujjat ikki tomonlama adabiy aloqalarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu hamkorlik qardosh xalqlar adabiyoti, xususan, bugungi kun adabiyoti bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirishga xizmat qilmoqda.  

2021 yil fevralda O‘zbekistonning “Sharq yulduzi” hamda “Jahon adabiyoti” jurnallari va Qirg‘izistonning “Ala-too” jurnali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu ikki mamlakat ijodkorlari asarlarini o‘zbek va qirg‘iz tillarida e’lon qilish barobarida o‘zbek tilida ijod qiluvchi qirg‘izistonlik shoir va yozuvchilar asarlarini O‘zbekistonda targ‘ib qilish ishlarini yanada faollashtirishga imkon bermoqda.  

Bugungi kunda qirg‘izistonlik o‘zbek ijdodkorlari Begijon Ahmedov va Avliyoxon Eshon, o‘zbek adabiyoti targ‘ibotiga katta hissa qo‘shib kelayotgan adabiyotshunoslar Barno Ishoqova va Xosiyat Bekmirzayeva, qirg‘iz ijodkorlari va tarjimonlari Marqaboy Amatov va Nurlan Qalibekov, akademik Abdыldajan Akmataliyev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a’zosi hisoblanadi.  

 2022 yilda nashr etilgan “Turkiy adabiyot durdonalari” 100 jildlik asarlar majmuasining 9 jildi qirg‘iz adabiyotiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda qirg‘iz adabiyotining mumtoz vakillaridan to bugungi kunda faol ijod bilan shug‘ullanayotgan shoir va yozuvchilarigacha qamrab olingan. Tugalboy Sidiqbekovning “Ko‘k yalov”, Qosim Sulaymonovning “Vahshiylar saltanati” romanlari majmua uchun maxsus tarjima qilindi.

Majmuaga kiritilgan asarlardan qirg‘iz ijodkorlari Murza G‘aparovning qissa va hikoyalari, Tugalboy Sidiqbekov, Sabir Burqashev, Qosim Sulaymonovlarning romanlari O‘sh viloyatida istiqomat qiluvchi o‘zbek yozuvchilari tomonidan tarjima qilib berildi.  

Qirg‘iz shoir va yozuvchilari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘tkazgan qator tadbirlar, xususan, Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari seminar-forumi, “Mumtoz she’riyat” xalqaro festivali, Turkiy tilli davlatlar yosh ijodkorlari forumida faol ishtirok etgan. Yaqinda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi unvoniga sazovor bo‘ldi. Qator o‘zbek ijodkorlari xalqaro Issiqko‘l forumining Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlangan.  

2024 yilda “O‘zbekiston” nashriyotida Chingiz Aytmatovning 10 jildlik to‘la asarlar to‘plami chop etildi. Majmuaning 40 foizi yozuvchi asarlarining ilgari e’lon qilinmagan yangi tarjimalaridir. Majmuani “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev va “O‘zbekiston-Qirg‘iziston” do‘stlik jamiyati direktori Zuhriddin Isomiddinov nashrga tayyorlagan.  

Adabiyot, do‘stlik va qardoshlik bayramiga aylangan tadbirda  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yangicha sifat boqichiga chiqqanini ta’kidladi.  

–Tilimiz, adabiyotimiz, madaniyatimiz, san’atimiz nechog‘li yaqinligi mana shunday tadbirlar davomida yana bir bor namoyon bo‘lmoqda, – dedi Minhojiddin Mirzo. – Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga oid ko‘plab hujjatlar imzolandi. Ular orasida Abadiy do‘stlikka oid shartnomani alohida qayd etmoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Chingiz Aytmatovning 90 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Uning asarlari ko‘p jildli to‘plam holida chop etildi. Ushbu to‘plamdagi asarlarning 60 foizidan ortig‘i yangi tarjimalar ekani e’tiborlidir.  

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi chegaralar ochilib, do‘stlik, birodarlik, qardoshlik rishtalari tobora mustahkamlanmoqda, – dedi Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari Timurlan Ajimaliyev. – Ikki xalq o‘rtasida teatr, kino, adabiyot, san’atga oid aloqalar mutassil rivojlanmoqda. Boy madaniy merosimizni tanishtirish  yo‘lidagi sa’y-harakatlar izchil davom etmoqda.  Do‘stligimiz, qardoshligimiz bardavom bo‘lsin!  

Tadbirda adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurovga Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi guvohnomasi topshirildi.  

– Chingiz Aytmatovdek buyuk, jahon miqyosidagi taniqli adib nomidagi akademiyaning faxriy akademigi bo‘lish men uchun juda sharafli, – dedi O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov. – Men Chingiz Aytmatovning taklif va tavsiyasi asosida adibning “Qiyomat”, “Qulayotgan tog‘lar”, “Chingizxonning oq buluti” asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilganman. Ayni paytda ulug‘ qirg‘iz adibi o‘z asarlarini Suyun Qorayev, Asil Rashidov singari adabiyot fidoyilariga ham ishonib topshirganlar. Aytmatovning asarlari o‘zbek kitobxonlari tomonidan sevib o‘qiladi. Ikki qardosh xalqning xuddiki bir ota-ona farzandlaridek ahilligidan boshimiz osmonlarga yetdi. Chingiz Aytmatovning insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishdagi roli yuzasidan hali ko‘plab asarlar yaratiladi. Uning ijodiy mahorati, badiiy nafosati o‘zbek adiblarini ham ruhlantirdi. Do‘stligimiz ana shunday muloqotlar bilan boyib boraveradi.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek va qirg‘iz madaniy hamkorligining istiqbollari va kelajakda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalar haqida to‘xtaldi.    

Nazokat Usmonova,

Nosirjon Haydarov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qirg‘iziston: Ikki qardosh xalq ijodkor ziyolilarining uchrashuvi