Oliy Majlis Senatiga Polsha Respublikasi parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari Mixal Kaminskiy tashrif buyurdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi parlamentlararo muloqot izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. 

Parlamentlardagi do‘stlik guruhlarining faoliyatiga, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi sifatida parlament delegatsiyalarining muntazam tashriflari almashinuviga alohida e’tibor qaratildi.

Oliy ta’lim, madaniyat, turizm, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi hamkorlikning mustahkam ikki tomonlama asoslarini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Tomonlar talabalar o‘rtasida tajriba almashish, mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma ta’lim dasturlari va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini muntazam ravishda davom ettirishga kelishib olindi. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Polsha: ta’lim, madaniyat, turizm, tibbiyot va agrar sohalarda hamkorlik rivojlanadi