O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi iqtisodiy va texnologiyaviy hamkorlik so‘nggi yillarda keng quloch yoymoqda. Jumladan, geologiya-qidiruv va tog‘-kon sanoati sohalaridagi sheriklik ikki davlat uchun muhim strategik yo‘nalishga aylanyapti. Tabiiy resurslarga boy bo‘lgan Mo‘g‘ulistonda O‘zbekistonning ilg‘or texnologiyalari va ko‘p yillik amaliy tajribasi yuksak baholanmoqda.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Ural Yusupov Mo‘g‘ulistonning “Steppe Kuper” kompaniyasi vitse-prezidenti Badarch Enxbat hamda kompaniya rahbari maslahatchisi Ochir Ochirjav bilan o‘tkazgan uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi bu kabi hamkorlik o‘zining amaliy ifodasini topdi.  

– Mo‘g‘uliston ulkan mineral zaxiralarga ega mamlakat. Biz ushbu salohiyatni samarali o‘zlashtirishda tajriba va texnologik imkoniyatlarimizni o‘rtoqlashishga tayyormiz. Geologiya-qidiruv, uran, oltin, mis kabi resurslarni o‘zlashtirish, qayta tiklanuvchi energetika va metallurgiya yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga alohida qiziqish bor, – dedi Ural Yusupov suhbat chog‘ida.  

Uchrashuvda “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJning Mo‘g‘ulistondagi vakolatxonasi faoliyati, kelgusidagi rejalar va ikki tomonlama amaliy hamkorlikning keng imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almashildi. Kompaniya 5-13 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonda bo‘lib, Ulan-Bator shahrida o‘z vakolatxonasini ochish jarayonlarini amalga oshirdi. Bu vakolatxona Mo‘g‘ulistonda amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv loyihalarida O‘zbekistonning faol ishtirokini ta’minlaydi.  

Mehmon tomon ham O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollariga ijobiy baho berdi.  

– Biz O‘zbekiston bilan geologiya va metallurgiya sohalarida, xususan, mis, uran va boshqa strategik xomashyo resurslari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyormiz. Mamlakatingizdagi yuqori malakali mutaxassislar va zamonaviy texnologiyalar Mo‘g‘uliston uchun qimmatli tajriba manbai bo‘ladi, – dedi “Steppe Kuper” kompaniyasi vitse-prezidenti Badarch Enxbat.  

Muloqotda uran, oltin, mis, nodir yer metallarini qazib olish, qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomonlama qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.  

Vazirlik axborot xizmatining qayd etishicha, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi umumiy hamkorlik salohiyati ham tobora mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, “Navoiyuran” davlat korxonasining tajribasi va xalqaro loyihalardagi ishtiroki bu hamkorlikning muhim poydevori hisoblanadi. Kompaniya o‘zining in-situ leaching texnologiyasi asosida Mo‘g‘ulistonda uran qidirish va qazib olish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qilgan.  

Mo‘g‘ulistonda uran, oltin va mis kabi katta zaxiralar mavjud. Fransiya, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlar kompaniyalari bu yerda faoliyat yuritmoqda.  

O‘zbekistonning ham bu bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiladi. Ushbu hamkorlik nafaqat mavjud iqtisodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga, balki geologik ma’lumotlar bazasini yangilash, qidiruv ishlarini takomillashtirish, ekologik standartlarga mos ilg‘or ish usullarini joriy etish kabi vazifalarni ham qamrab oladi.  

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi geologiya-qidiruv va tog‘-sanoati sohasidagi hamkorlik nafaqat ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladi, balki mintaqaviy miqyosda strategik resurslardan oqilona foydalanish, texnologiyalar almashinuvi va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim omilga aylanishi shubhasiz.  

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlik qilmoqda