O‘zbekiston xalqaro maydondagi savdo-iqtisodiy munosabatlarini izchil rivojlantirib, strategik hamkorlar bilan amaliy muloqotni kengaytirmoqda. Bu jarayonda Osiyo mintaqasidagi nufuzli hamkorlardan biri – Malayziya bilan munosabatlar alohida o‘rin tutadi.

Bugun poytaxtimizda o‘tkazilgan O‘zbekiston – Malayziya biznes forumi bu borada hamkorlik ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.  

Unda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov,  Malayziya –O‘zbekiston biznes kengashi prezidenti Dato Sri King Lim, Malayziya delegatsiyasi nomidan Bosh vazir o‘rinbosari –  energetika va suv transformatsiyasi vaziri Fadillah Yusuf so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo, sanoat, energetika, infratuzilma va xizmatlar sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlariga urg‘u berdi.  

Qayd etilganidek, bu jarayonda O‘zbekiston – Malayziya biznes forumi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi sarmoyaviy yo‘nalishlarni belgilash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim platforma vazifasini o‘taydi.  

Tadbirda O‘zbekistondagi ochiq va investorlarga qulay muhit, sarmoyaviy imkoniyatlar, iqtisodiy islohotlar va yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator yo‘nalishlarda fikr almashdi.  

Tadbirning asosiy qismida turli vazirlik va idoralar vakillari taqdimotlar o‘tkazdi. Energetika sohasidagi islohotlar, ikki tomonlama savdo munosabatlari, “yashil energiya” sohasidagi tashabbuslar, O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti va biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kabi masalalar muhokama qilindi.  

Forum doirasida yuzma-yuz muloqotga yo‘naltirilgan B2B uchrashuvlari ham tashkil etildi. O‘zbekiston va Malayziya ishbilarmon doiralari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi, qator kelishuvlarga erishildi.  

Shuningdek, biznes-forum doirasida ikki tomonlama rasmiy hujjatlar almashuvi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu hujjatlar yaqin istiqbolda amaliy loyihalarni boshlash va institutsional sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi biznes aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda