Mamlakatimiz xorijiy davlatlar bilan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, ilmiy-amaliy tajriba almashish va eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishida faol hamkorlik qilmoqda.

Latviya Agronomlar jamiyati rahbari Ringolds Arnitis “O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz ishlab chiqarish va eksport qilishni rivojlantirish” loyihasi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Tashrifning asosiy maqsadi — ikki davlat o‘rtasida agrar sohada uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tatbiq etishdan iborat.

Dastlab O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda amalga oshirilayotgan hamkorlik dasturining hozirgi holati va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Amaliy o‘rganishlar davomida Ringolds Arnitis Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Meredian Tempo” korxonasiga qarashli intensiv bog‘lar — olma, nok, gilos, malina va uzum plantatsiyalari, shuningdek, Qibray tumanidagi “Bahor gullari” korxonasiga tegishli zamonaviy issiqxonalar faoliyati bilan tanishdi. Fitosanitar nazorat davlat inspektorlari faoliyatiga yuqori baho berildi, deyiladi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumotida.

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida muassasa rahbariyati va olimlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Unda ikki tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilindi. Shuningdek, institut laboratoriyalari, o‘simlik kasalliklarini aniqlash hamda zararkunandalarga qarshi kurashish yo‘nalishlaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tomonlar o‘zaro ilmiy tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Keng qamrovli loyiha ilm-fan, amaliyot va diplomatiya uyg‘unligida olib borilmoqda hamda kelajakda iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga, O‘zbekistonning xalqaro agrobozorga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.

M.Hojiakbarova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Latviya agrar sohada hamkorlikni kengaytirmoqda