Özbekiston va Koreya: savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi bosqiçga çiqadi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Koreya importçilari assotsiatsiyasi (KOIMA) raisi Yun Yon Mi bilan uçraşdi.
Özaro muloqotda Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş hamda milliy mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga eksport qiliş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi.
Özbekistonda yetiştirilgan qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini Koreyaning yirik savdo tarmoqlariga keng jalb etiş, şuningdek, mahalliy eksportçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasiga eʼtibor qaratildi.

Ikki davlat örtasida erkin savdo töğrisidagi bitimni işlab çiqiş va imzolaş istiqbollari hamda uning özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşirişdagi örni körib çiqildi.
Mahalliy eksportçilar uçun logistika xarajatlarini qoplaş mexanizmlarini joriy etiş va koreyalik kompaniyalar bilan qöşma işlab çiqariş korxonalarini taşkil qiliş eʼtibor markazida böldi.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, tegişli vazirlik va idoralarning özaro maslahatlaşuvlarini yölga qöyiş hamda amaliy takliflar işlab çiqiş muhimligi taʼkidlandi.
N. Abduraimova, ÖzA