Özbekiston va Koreya dori xavfsizligi böyiça muhim kelişuvlarga erişdi
Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi "Gustave Roussy International" Özbekiston tibbiyot markazi hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi örtasida travmatologiya va ortopediya sohasida hamkorlik hamda strategik şeriklik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki markazning klinik, ilmiy va taʼlim salohiyatini birlaştiriş, mutaxassislar örtasida tajriba almaşiş hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oşirişga qaratilgan.
Hamkorlikning asosiy yönalişlari sifatida milliy terma jamoalar sportçilariga yuqori malakali onkologik va radiologik yordam körsatiş, tezkor diagnostika hamda mutaxassislar konsiliumini taşkil etiş, şuningdek, travmatologiya va ortopediya bilan boğliq murakkab holatlarda bemorlarni ixtisoslaştirilgan tekşiruvga yönaltiriş belgilandi. Şu bilan birga, qöşma ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantiriş, şifokorlar örtasida ilğor amaliyotlarni almaşiş hamda konferensiya va taʼlim dasturlarini amalga oşiriş közda tutildi.
***
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Koreya Respublikasining Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi vazirligi hamda Global uyğunlaştiriş markazi vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvda joriy yilning sentabr oyida imzolangan memorandum ijrosi hamda 2026-2027-yillarga möljallangan qöşma harakatlar rejasi muhokama qilinib, dori vositalari ekspertizasi, xalqaro standartlarni joriy etiş va sohani raqamlaştiriş yönalişlarida muhim kelişuvlarga erişildi.
Muloqot çoğida joriy yil noyabr-dekabr oylarida mutaxassislarning xalqaro öquv dasturida qatnaşişi, şuningdek, 2027-yildan boşlab yetakçi koreyalik markazlar bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlaş va malaka oşiriş kölamini yanada kengaytiriş masalalari belgilab olindi.
***
Toşkent davlat tibbiyot universiteti professor-öqituvçilaridan iborat delegatsiya hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş, ilmiy-metodik va amaliy yordam körsatiş maqsadida Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bölib, taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan qöşma iş reja imzoladi.
Safar doirasida universitetning Gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi olimlari tomonidan öquvçilar uçun oçiq darslar va mahorat maşğulotlari taşkil etilib, yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA