O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish hamda uni sifatli amalga oshirish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ham shu maqsadga qaratilgan. 

Qonunda intellektual mulk, reklama va davlat boji bilan bog‘liq bo‘lgan milliy qonunchilikning qator normalarini JSTning talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilgan. 

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish yillar davomida sanoatda ishlab chiqarishga joriy qilinmagan ixtirolarni yoki foydali modellarni amaliyotga joriy qilinishini ta’minlashga, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga va bozorni to‘ldirishga xizmat qiladi. 

“Reklama to‘g‘risida”gi qonun JSTning Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitimida nazarda tutilgan me’yorlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilib, erkin raqobat muhitining yaratilishi ko‘zda tutilgan. 

Qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga asosan chet elda ishlab chiqarilgan pivoni, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinib, bu bilan bozorda raqobat muhiti yuzaga kelishiga zamin yaratiladi. 

“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga ham JST bitimlaridan kelib chiqib qo‘shimcha me’yorlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, farmatsevtika sohasiga klinik tadqiqotlardan oldingi va klinik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarni samarali himoya qilish mexanizmini joriy qilish orqali original dori vositalar ishlab chiqaruvchilarning huquqi himoya qilinmoqda. 

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga xorijiy investitsiyali hamda mahalliy korxonalarga bir xilda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ya’ni, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 1 barobarigacha tushirilmoqda. 

Qonunda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish uchun patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish uchun davlat bojlari miqdorlari Intellektual mulkning savdo jihatlari bo‘yicha JST bitimi talablariga uyg‘unlashtirilmoqda. 

Senatorlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiqlashtirish orqali O‘zbekistonning mazkur nufuzli tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonining jadallashishiga hamda intellektual mulk ob’ektlarining himoya qilinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy investorlarga bir xil shart-sharoitlar hamda teng raqobat muhiti yaratilishiga xizmat qiladi. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Jahon savdo tashkiloti: qonunchilik va bitimlar muvofiqlashtirilmoqda