Poytaxtimizdagi “Radisson Blu Hotel” mehmonxonasida Germaniyaning Xanns Zaydel jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan “O‘zbekistonda Xanss Zaydel jamg‘armasining 2023 yilda olib borilgan va 2024 yilga rejalashtirilgan loyihalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirni ochib bergan Xanns Zaydel jamg‘armasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi ofis rahbari Javhar Do‘stov jamg‘arma faoliyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Mahalliy va davlat boshqaruvi sohasida faoliyat yuritayotgan yosh rahbar kadrlarni ilg‘or tajribalar asosida malakasini oshirish, professional davlat xizmatchisini tayyorlash vazifasini maqsad qilgan jamg‘arma 1967 yilning 11 aprelida Germaniyaning Myunxen shahrida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, Bavariya federal yerining sobiq hokimi nomi sharafiga “Xanns Zaydel” deb nomlangan.

Ta’kidlanganidek, jamg‘arma dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida “Demokratiya, tinchlik va taraqqiyot” shiori ostida faoliyat yuritadi. Markaziy Osiyoda 2002 yildan buyon davlat xizmati va mahalliy boshqaruv tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Hozirda u mintaqadagi Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jamg‘armaning yurtimizdagi vakolatxonasi 2021 yilda nodavlat notijorat tashkiloti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazilib, 2023 yilning 19 mayida rasmiy ochilgan. 

– Keyingi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi, davlat xizmati hamda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimini isloh qilishga ustuvor e’tibor qaratilmoqda, - deydi Xanns Zaydel jamg‘armasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi ofis rahbari Javhar Do‘stov. – Jamg‘armamiz ham aynan mahalliy va davlat boshqaruvi sohasida faoliyat yuritayotgan yosh rahbar kadrlarning ilg‘or tajribalar asosida malakasini oshirish, professional davlat xizmatchisini tayyorlash vazifasini o‘z oldiga ustuvor maqsad qilib qo‘ygan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa qator davlat boshqaruvi tuzilmalari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi matbuot kotibi Ma’rufjon Jumayev jamg‘arma va akademiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritdi. 

Ta’kidlanganidek, shu kungacha akademiya hamda jamg‘arma rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan 10 dan ortiq rasmiy uchrashuvlarda O‘zbekiston hamda Germaniya davlat boshqaruvi tizimida tajriba almashish, davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, o‘quv-seminarlar tashkil etish, davlat va mahalliy boshqaruv tizimining zamonaviy muammolari, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga oid masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, 30 ga yaqin onlayn va oflayn tarzda seminar-treninglar, maxsus o‘quv dasturlari o‘tkazilgan. Ushbu o‘quv dasturlarida 10 mingdan ziyod davlat xizmatchisi, ilmiy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etgan.

Davra suhbatida jamg‘arma vakillari tomonidan 2023 yildagi ishlarning natijalari sarhisob qilindi, barcha o‘tkazilgan tadbirlar, biznes lanchlar, biznes uchrashuvlarga e’tibor qaratildi.

Xususan, joriy yilda Xanns Zaydel jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan, Markaziy Osiyodagi Davlat boshqaruv akademiyalari vakillari uchun “Zamonaviy boshqaruv usullari” mavzusidagi mintaqaviy yozgi maktab tadbir ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, mazkur yozgi maktabda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalarining Prezidentlari huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyalari vakillari, akademiya professor-o‘qituvchilari va doktorantlari ishtirok etdi. 

Qolaversa, suhbat davomida 2023 yilning 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan “Mahalliy boshqaruv: zamonaviy tendensiyalar va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi davra suhbatida ko‘rilgan masalalar haqida gapirib o‘tildi. 

Jurnalistlarga jamg‘armaning 2024 yilga mo‘ljallangan rejalari haqida ma’lumot berildi.

– Kelgusi yilda ham qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz, - deydi Javhar Do‘stov. – Ulardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Bavariya Davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda Davlat xizmatchilarini tayyorlash qo‘shma o‘quv dasturini tashkil etish bo‘lib, ishtirokchilar tuman (shahar) hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mazkur lavozimga zaxiraga olingan kadrlar orasidan, ularning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ga muvofiq tanlab olinadi. Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha professional kompetensiyalarni oshirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishish uchun keng imkoniyat yaratadi. Dasturning Germaniya bilan bog‘liq barcha xarajatlari (20 nafar tinglovchi aviachiptalari, stajirovka o‘tash, Bavariya Davlat boshqaruvi maktabi ekspertlarini jalb qilish) Xanns Zaydel jamg‘armasi tomonidan to‘liq qoplanadi.

[gallery-15072]

Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan suhbatda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi. 

Kamola YUSUPOVA,

Oybek PARDAEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Germaniya: davlat boshqaruvi tizimida tajriba almashilmoqda