O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi
Samarqandda Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, “O‘zbekiston-Eron” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh hamraisi Qutbidin Burxonov global konferensiyada ishtirok etayotgan Eron islomiy kengash majlisi deputati, “Eron-O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh a’zosi Amir Monfarid boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini rivojlantirish, parlamentlar darajasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof etildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo muloqotni muntazam davom ettirish, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova, O‘zA