Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy direktori Ivana Jivkovich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining BMT, shu jumladan, uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Taraqqiyot dasturi bilan o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalari, hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Tomonlar Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish, kambag‘allikni qisqartirish, demokratik davlat boshqaruvini mustahkamlash, atrof - muhitni muhofaza qilish,  bozor iqtisodiyoti va inklyuziv siyosatni takomillashtirish hamda qishloq hududlarini rivojlantirish kabi masalalarga e’tibor qaratdi.

BMT Taraqqiyot dasturi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va BMT: Barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan hamkorlik davom etadi