O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan muloqot davomida tomonlar to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida biznes aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, ikki tomonlama ishbilarmon doiralar hamkorligini rivojlantirish, xususan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, turizm va madaniy aloqalarni kuchaytirish hamda Bangladeshdan malakali mutaxassislarni yurtimizga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Samimiy muhitda kechgan suhbat yakunida yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro manfaatli loyihalar amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Bangladesh hamkorligi rivojlanmoqda