O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida BAA Sharja amirligida joylashgan “Al-Qosimiya” universiteti rektori Avvad Al-Xalaf bilan muzokara bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar IT, marketing va axborot texnologiyalari sohasida izchil hamkorlik o‘rnatish masalasini muhokama qildi.

Palata raisining birinchi o‘rinbosari Davron Qurbonov so‘nggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, chet el investitsiyasini jalb etishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida Avvad Al-Xalaf iqtidorli o‘zbek talabalari, tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirib, bakalavriat va magistratura uchun grant ajratish orqali ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish niyatini bildirdi.

Shuningdek, birgalikda ta’lim markazi tashkil etish mavzusi ham ko‘tarildi. Ushbu majmua yoshlarimiz – kelajak tadbirkorlarining bilimi, malakasini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Sevinch Zoirova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va BAA ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda