Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Abu-Dabi shahrida bo‘ldi.

14 yanvar kuni davlatimiz rahbari “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitining ochilishi hamda barqaror rivojlanish sohasida Shayx Zoid nomidagi mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi.

Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi davomida bir qator muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va ularda O‘zbekiston uchun ahamiyatli muhim hujjatlar imzolandi. Shu va sammitdagi kelishuvlarning yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ahamiyati xususida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti Shavkat Ikromov bilan suhbatlashdik.  

-  Ushbu sammitning tashkil etilishi va uning yurtmiz uchun ahamiyatli jihatlari nimada?

-  “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” – bu allaqachon xalqaro maydonda o‘zining nufuziga, obro‘siga ega bo‘lgan taniqli platformalardan biriga aylangan. 2008 yildan boshlab mazkur tadbir doimiy ravishda tashkil qilib kelinadi va har yili mazkur sammitga alohida yo‘nalish va mavzu kiritiladi.  

Bu yilgi mavzu “Yashil iqtisodiyot” va innovatsiyalarga bag‘ishlangan tadbir edi. Avvalo shuni aytish kerakki BAA,  xususan Abu-Dabi yoki Dubay, Sharja bo‘ladimi, ya’ni amirlik tarkibiga kiruvchi barchasida xalqaro nufuzli tadbirlarni tashkil qilish va mezbonlik qilish, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash an’anasi yaxshi shakllangan. Shu orqali BAA xalqaro munosabatlarda o‘zini o‘rniga va nufuziga ega.  

Xalqaro tinchlikni, innovatsiyalarni targ‘ib qilish, butun dunyo olimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini amalga oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va startap loyihalarini amalga oshirishda BAA tomonidan tashkil qilinadigan shu singari sammitlar har doim katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.  

Joriy yilda Abdu-Dabida bo‘lib o‘tgan “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” – bu BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha dasturlariga muvofiq va mos tarzda, maqsadlariga hamohang tarzda tashkil qilingan. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wYDb5z2YmD8" title="Oʻzbekiston va BAA strategik hamkorlik natijalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va BAA strategik hamkorlik natijalari (+video)