Venada (Avstriya) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘zR FA) va Avstriya Fanlar akademiyasi hamkorligida “Biotibbiyot: Chegaralarsiz fan” mavzusida tarixiy ahamiyatga ega simpozium bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat fanlar akademiyalari tomonidan ilk bora o‘tkazilgan mazkur yirik xalqaro ilmiy anjumanda yetakchi olimlar, tibbiyot markazlari, universitetlar hamda sanoat vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirga O‘zbekiston tomonidan O‘zR FA vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova raislik qildi.

Simpozium ishini O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Baxtiyor Ibragimov ochib berdi va simpozium ishiga omad tiladi.

Anjumanda biotibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar, jumladan, genomika va immunologiya, regenerativ tibbiyot hamda axborot texnologiyalariga asoslangan diagnostika bo‘yicha ilmiy izlanishlar muhokama qilindi. Ma’ruzalarda avstriyalik olim Georg Shtingl avtoimmun kasalliklar uchun yangi davolash usullariga oid tadqiqot natijalarini taqdim etdi.  

O‘zbekistonlik tadqiqotchi, FA akademigi — Ravshan Sabirov immun tizimidagi timus hujayralar — timotsitlarda hujayra hajmini boshqarishda ishtirok etuvchi maxsus ion kanallari (VSOR/VRAC)ni o‘rganish va ularning faoliyatiga tabiiy moddalar yordamida ta’sir o‘tkazish bo‘yicha tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Bu tadqiqot immun tizimi rivojlanish jarayonlarini chuqurroq tushunishga yordam berishi kutilmoqda.

Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi tajribasidan kelib chiqqan holda yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina yaratish masalasiga oid ma’lumotlar, iqlim o‘zgarishi va urbanizatsiyaning allergiya tendensiyalariga ta’siri mavzularida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, 2-tur qandli diabet hamda bog‘liq yurak-qon tomir kasalliklari rivoji uchun xavf markerlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar bayon qilindi.  

Simpozium jarayonida savol-javob sessiyalari va ochiq muloqotlar orqali ikki mamlakat olimlari hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Unda qo‘shma tadqiqotlar uchun ustuvor mavzularni aniqlash, xalqaro grantlar va fondlar doirasida moliyalash imkoniyatlarini o‘rganish, doktorlik va postdoktorantura stajirovkalari uchun qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, master-klasslar va seminarlarni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhlarni tuzish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zR FA vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova simpoziumni yuqori baholab, bu hamkorlik ikki mamlakat fanlar akademiyalari tarixida yangi sahifa ochganini ta’kidladi:

“O‘zbekiston va Avstriyaning ilmiy jamoalari o‘rtasida ilk bor shunday nufuzli hamkorlik simpoziumining o‘tkazilishi fanlar akademiyalari tarixi uchun muhim voqea bo‘ldi. Bugungi ochiq muloqot va ilmiy fikr almashinuv biz uchun yangi yo‘llar ochdi, qo‘shma loyihalar, yosh olimlar almashinuvi va innovatsion platformalar uchun asos yaratdi. Shunday nufuzli simpoziumlarda ishtirok etish nafaqat ilmiy g‘oyalar almashish, balki O‘zbekistonning xalqaro ilmiy maydondagi obro‘-nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi” deydi, Shahlo Turdiqulova.

Tadbir yakunida simpozium materiallari va taklif etilgan yo‘l xaritasi yaqin kunlarda har ikki akademiyaning mas’ul bo‘linmalari tomonidan muhokamaga chiqarilishi ta’kidlandi.  

Mazkur simpozium O‘zbekiston va Avstriya ilmiy hamjamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib, global sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BR1fJLOPr-I" title="O‘zbekiston va Avstriya Fanlar akademiyalari ilk qo‘shma simpoziumi bo‘lib o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Mohichehra Eshmirzayeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Avstriya Fanlar akademiyalari ilk qo‘shma simpoziumi bo‘lib o‘tdi (+video)