Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish loyihasining boshlang‘ich uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning 4 ta oliy ta’lim tashkiloti Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida yangi loyiha boshladi. Loyiha doirasida O‘zbekistondan ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalarida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilgan.  

Innovatsion va yangi texnologiyalardan foydalangan kompleks o‘quv dasturlarini ishlab chiqish orqali Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalarini O‘zbekiston OTMlariga joriy etish belgilangan.  

Ishtirokchi universitetlar zarur laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanadi, dasturiy ta’minot va adabiyotlar xarid qilinadi.  72 nafar professor-o‘qituvchi Yevropa universitetlarida malaka oshiradi. 70 ta yangi o‘quv kurs to‘plamidan iborat bakalavriat va magistratura fan dasturlari ishlab chiqiladi.  

 [gallery-16354]

Transport sohasida turli manfaatdor korxona mutaxassislari  uchun treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tashkil etilgan bakalavriat dasturining 2 va 3-kurs talabalaridan 12 nafari Yevropa universitetlarida almashinuv dasturida ishtirok etishi belgilangan.  Loyihaning umumiy qiymati 800 ming yevro bo‘lib, 2024-2027-yillarda amalga oshiriladi.    

O‘zbekiston tomonidan loyiha ishtirokchilari: Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali, “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MCHJ.  

Yevropadan loyiha ishtirokchilari: Mariboru universiteti (Sloveniya), Krit politexnika universiteti (Gretsiya), Madrid politexnika universiteti (Ispaniya), Turin politexnika universiteti (Italiya) hisoblanadi.  

Muhayyo Toshqorayeva,

Nosirjon Haydarov(surat)  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston universitetlarida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tashkil etiladi