Osiyo o‘yinlarining shiddatli bellashuvlarida 12 mingdan ziyod sportchi ishtirok etadi. Ularning 370 nafardan ziyodini O‘zbekiston vakillari tashkil etmoqda.

Bugun, 23 sentyabr kuni Xanchjouda “kichik olimpiada” nomi bilan mashhur bo‘lgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eng ko‘p ishtirokchini jamlaydigan bu galgi Osiyo o‘yinlarida qit’aning 45 davlatidan 12 ming nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

Bu 2018 yil Indoneziyada tashkil etilgan o‘yinlardagi ishtirokchilardan ming nafardan ko‘p, degani. Aytish lozim, Indoneziya sport maydonlarida 11,3 ming nafar sportchi ishtirok etgan.

Osiyo o‘yinlari davomida 9 ta sport turida “Parij-2024” Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurash kechishi “Xanchjou-2022” musobaqalarining shiddati va uning nufuzi nechog‘li balandligidan dalolat beradi.

Xo‘sh, “Xanchjou-2022” o‘yinlarida qaysi davlat qancha sportchi bilan ishtirok etadi? O‘zbekiston sport delegatsiyasining musobaqalarda g‘alaba qozonish imkoniyatlari qanday? Sifat koeffitsiyenti nimalarda o‘z aksini topadi?

O‘z sport maydonlarida kechadigan qit’a o‘yinlarida xitoylik 886 nafar sportchi medallar uchun kurash olib borishini e’lon qildi. Rasmiy axborotga ko‘ra, Xitoy Osiyo o‘yinlarida barcha yordamchi xodimlarni hisobga olgan holda, 1 ming 239 nafar sportchi, murabbiy va mutaxassislardan iborat jamoani tashkiliy qo‘mita ro‘yxatidan o‘tkazgan.

Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan xitoylik sportchilarning o‘rtacha yoshi 25 yosh bo‘lib, ular orasida 13 va 60 yoshlilar ham borligi ta’kidlangan.

Janubiy Koreya Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yirik sport delegatsiyasi — 867 nafar sportchi bilan musobaqalarda qatnashmoqda.

Osiyo o‘yinlarining yetakchiligiga da’vogar bo‘lgan Yaponiya sport jamoasi bir yil kechiktirib o‘tkazilayotgan qit’a o‘yinlarida 1,1 ming nafarga yaqin sportchi bilan bahslarni boshlamoqda.

Xalqaro sport musobaqalaridan uch yilga chetlatilgan Shimoliy Koreya Xitoy sport maydonlarida kechadigan o‘yinlarga 200 nafarga yaqin sportchisini jo‘natgan bo‘lsa, Hindiston sport delegatsiyasi 19 - Osiyo o‘yinlarida 634 nafar sportchisini shiddatli bellashuvlarga tayyorlanganini tasdiqladi.

Osiyo o‘yinlari dasturi shu qadar keng ko‘lamliki, unda Olimpiya o‘yinlaridagidan ham ko‘proq sportchilar qatnashmoqda. 2021 yili Tokioda tashkil etilgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirokchi sportchilar soni 205 davlatdan 11 ming 656 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, “Xanchjou - 2022” o‘yinlarining qatnashchilari 12 ming 417 nafardan iborat bo‘lmoqda.

Osiyo o‘yinlarida musobaqalar 474 ta medal uchun 40 ta sport turining 61 ta yo‘nalishida kechadi. Shundan 28 tasi Olimpiya va 12 tasi noolimpiya sport turlari. 381 ta medal Olimpiya sport turlariga, 93 tasi noolimpiya sport turlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Qo‘shni Qozog‘iston davlati o‘yinlarda sportning 33 turida 525 nafar sportchi bilan qatnashishini e’lon qildi. Bu, qo‘shni mamlakat delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi rekord tarkibi hisoblanadi.

Xuddi shuningdek, “Xanchjou-2022” o‘yinlarida Eron 289, Bangladesh 240, Gonkong 681, Vetnam 320, Indoneziya 415, Singapur 431, Qatar 180, Filippin 395, Pokiston 222 nafar sportchi bilan ishtirok etish talabnomasini taqdim etgan. 

Albatta, bu ro‘yxatni davom ettirish mumkin. Ammo, o‘yinlarda medallar uchun kurashda sport jamoalarining soni bilan birga sifat ko‘rsatkichi o‘rtasidagi tafovut ham hal qiluvchi rol o‘ynashi tabiiy.

Osiyoning eng kuchli sportchilari ishtirok etayotgan “kichik olimpiada”da O‘zbekiston sport delegatsiyasi 38 ta sport turidan 370 nafardan ziyod sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Hamyurtlarimiz 32 ta olimpiya, 6 ta noolimpiya sport turlarida vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz sport delegatsiyasi son jihatdan ayrim jamoalaridan ortda qolayotgan bo‘lsa, Eron, Vetnam, Pokiston, Qatar kabi mamlakatlarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Qit’a o‘yinlarining sovrinli o‘rinlariga da’vogarlik borasida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Qozog‘iston sport jamoalari hozirdan o‘z prognozlarini baralla aytayotgan bo‘lsa-da, ko‘pgina sport turlarida O‘zbekiston sportchilarini asosiy raqiblar darajasida talqin etishmoqda.

“Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlarining O‘zbekiston uchun yana bir o‘ziga xos jihati, milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan kurash musobaqalari orqali qit’a sportchilari bayrog‘imizdan jilo olgan kurash liboslarida, o‘zbekona sport iboralari boshqaruvida bellashadi. Bu O‘zbekiston, uning bayrog‘i Osiyo o‘yinlarining o‘ziga xos bezagi bo‘lishini anglatmoqda.

Joriy yilning 8 oktyabriga qadar davom etadigan murosasiz qit’a bellashuvlarida jamoalarning soni medallar salmog‘iga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq, sifat ko‘rsatkichi birlamchi bo‘lgan bahslarda professionallik, mahorat, taktik-texnik yondashuv muvaffaqiyatning bosh omili bo‘lishi shubhasiz. 

Umid qilamizki, mamlakatimiz sportchilari, jamoalari ayni jihatlarni inobatga olgan holda, Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabalarini ta’minlaydi. Buning uchun sportchilarimizga davlatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar, qulayliklar yaratib berildi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston, uning bayrog‘i Osiyo o‘yinlarining o‘ziga xos bezagi bo‘ladi