“WAM” axborot agentligi sahifasida mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdulaziz Aqqulovning intervyusi e’lon qilindi. Maqolada diplomatimiz so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar jadal rivojlanayotgani haqida mulohaza yuritgan. Shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasida, xususan Samarqandda o‘tadigan UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasini tashkil etish chog‘ida yaqindan hamkorlik qilishga o‘zaro intilish kuchliligini ta’kidlagan.

Elchi Anvar Gargash nomli Diplomatik akademiyada bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida yangragan bayonoti O‘zbekistonning UNESCO tashabbuslaridagi faolligi, barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surishda BAA bilan birgalikda amalga oshirilayotgan izchil sa’y-harakatlarga ham to‘xtalgan.

– BAA bilan turli sohalar bo‘yicha jadal, bir-birini boyitib boruvchi hamkorlik xususiyati madaniy merosni asrab-avaylash, o‘zaro muloqotni rag‘batlantirishga sodiqligi bilan ajralib turadi, – deydi A.Aqqulov. – O‘zbekiston har yili Abu-Dabidagi Shayx Zayd festivalida milliy pavilon bilan ishtirok etib, xalqimizning boy an’analari va hunarmandligini jahon tomoshabinlariga namoyish etayotganidan mamnun. 

Davlatlarimiz bir-birining madaniy tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab, tajriba almashish uchun qulay platformalar yaratmoqda. Har ikki mamlakatdagi yetakchi muzeylar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma ko‘rgazmalar, kasbiy almashinuv dasturlari tashkil etilmoqda. Qadimiy shahar – Samarqand UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasiga mezbonlik qilishi madaniy yutuqlarimiz, boy sivilizatsiya va ilmiy merosimizni yana bir bor jahon ahliga namoyish etish imkoniyatidir.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston UNESCO konferensiyasida BAA bilan hamkorlikka e’tibor qaratadi