Xitoy Taypeyida U20 yosh toifasida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.
Unda Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi “B” guruhidan o‘rin olgani haqida xabar bergan edik. Jamoamiz saralash bahslaridagi uchinchi o‘yinini Xitoy Taypeyi termasiga qarshi o‘tkazdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Ravshan Xayrullayev dubl qayd etgan bo‘lsa, Abdug‘ofur Haydarov bitta gol urdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U20 terma jamoasi “B” guruhida 3 o‘yinda 100 foizlik natija qayd etib, 9 ochko bilan birinchi pog‘onada bormoqda. Kambodja va Bahrayn esa 3 ta o‘yinda 6 ochko jamg‘arib 2-3 o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Nepal 4 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i 3 ochko bilan 4-pog‘onadan o‘rin olgan. Musobaqa mezbonlari hisoblangan Xitoy Taypeyi esa hali birorta ham ochkoni qo‘lga kirita olmadi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz keyingi o‘yinni 29 cyentyabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA