Qatarda joriy yilning 3-27 noyabr kunlari 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur mundialda dunyoning 48 ta terma jamoasi 4 tadan 12 guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-o‘rin egalari termalar 1/16 final bosqichiga yo‘llanma oladi.

Jahon chempionatining biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston U17 terma jamoasi ishtirok etishidir. Islom Ismoilov boshchiligidagi termamiz musobaqaning "J" guruhida Paragvay, Panama va Irlandiya termalari bilan raqobatlashadi.  

Futbolchilarimizning dastlabgi uchrashuvi 5 noyabr kuni soat 18:00 da Paragvayga qarshi o‘tsa, 8 noyabrda soat 20:30 da Irlandiya bilan kuch sinashadi. Guruhdagi so‘nggi o‘yin 11 noyabr kuni soat 18:30  da Panama termasigatqarshi tashkil etiladi.

O‘zbekiston U17 terma jamoasi Doha shahriga yo‘l olishdan avval, dunyo birinchiligiga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inin 18–31 oktyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘tkazdi va ayni damda Qatar poytaxtida o‘yinga qadar mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining mundialda ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Islombek Ismoilov FIFA belgilab berganidek 21 nafar futbolchini Qatarga olib ketdi.

Quyida Jahon chempionatining guruh bosqichida ishtirok etadigan terma jamoalar bilan to‘liq tanishasiz:

"A" guruhi: Qatar, Italiya, JAR, Boliviya

"B" guruhi: Yaponiya, Marokash, Yangi Kaledoniya, Portugaliya

"C" guruhi: Senegal, Xorvatiya, Kosta-Rika, BAA

"D" guruhi: Argentina, Belgiya, Tunis, Fiji

"E" guruhi: Angliya, Venesuela, Gaiti, Misr

"F" guruhi: Meksika, Koreya Respublikasib Kot-dIvuar, Shveysariya

"G" guruhi: Germaniya, Kolumbiya, KXDR, El-Salvador

"H" guruhi: Braziliya, Gonduras, Indoneziya, Zambiya

"I" guruhi: AQSH, Burkina-Faso, Tojikiston, Chexiya

"J" guruhi: Paragvay, O‘zbekiston, Panama, Irlandiya

"K" guruhi: Fransiya, Chili, Kanada, Uganda

"L" guruhi: Mali, Yangi Zelandiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni

Mazkur Jahon chempionatini 3 noyabr kuni "A" guruhidan o‘rin olgan JAR va Boliviya terma jamoalari bahsi boshlab berasa, ushbu guruhdagi  Qatar va Italiya termalari o‘rtasidagi to‘qnashuv yakunlaydi. Shuningdek, ilk kunda "B" guruhida Yaponiya – Marokash, Yangi Kaledoniya – Portugaliya, "C" guruhida Senegal – Xorvatiya, Kosta-Rika – BAA, "D" guruhida Argentina – Belgiya, Tunis – Fiji terma jamoalar o‘rtasidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz.

Darvoqe, mundialdagi Argentina – Belgiya uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar brigadsi boshaqaradi. Anqirog‘i, o‘yinda Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida ishlasa, unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyosov yordam beradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston U17 terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyor