Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogining guruh bosqichida birinchi tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Unda “A” guruhida Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ilk o‘yinda Tailand termasini 4:1 hisobida taslim etdi. Musobaqa mezboni bo‘lgan Saudiya Arabistoni esa Xitoy bilan o‘tgan uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchdi. Natijada O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 3 ochko jamg‘argan holda guruh jadvalining birinchi hamda ikkinchi pog‘onalaridan joy oldi. Xitoy va Tailand esa 3-4-o‘rinda qoldi.

Bugun, 6 aprel kuni ushbu guruhda ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston – Xitoy, Saudiya Arabistoni – Tailand termalari o‘rtasidagi o‘yinga guvoh bo‘lamiz.

Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur bellashuvlarda O‘zbekiston U17 terma jamoasining Xitoyga qarshi o‘tadigan o‘yinidir. Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi «Okaz» stadionida start oladigan bu o‘yinda futbolchilarimiz g‘alaba qozonsa, Saudiya Arabistoni terma jamoasi Tailandga mag‘lub bo‘lmasa, termamiz joriy yilning 3-27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga uchinchi turdan avval yo‘l oladi.

Darvoqe, futbolchilarimiz xitoylik tengqurlariga qarshi an’anaviy oq libosimizda, darvozabonimiz esa qora libosda o‘yin o‘tkazadi.

Chempionat doirasida bugun “B” guruhida Avstraliya va Vetnam terma jamoalari bahsi 1:1 hisobida yakunlandi. BAA esa 1:4 hisobida Yaponiyaga taslim bo‘ldi. Qayd etilgan natijalarga ko‘ra, Yaponiya 3 ochko bilan guruh yetakchisiga aylandi. Avstraliya va Vetnam esa 1 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi. BAA mag‘lubiyatdan so‘ng so‘nggi pog‘onaga joylashdi.

Ertaga, 7 aprel kuni bu guruhda ikkinchi tur uchrashuvlari boshlanadi va unda Vetnam – Yaponiya, Avstraliya – BAA bahsiga guvoh bo‘lamiz.

“C” guruhida esa kutilmagan vaziyat yuz berdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Janubiy Koreya 0:1 hisobida Indoneziyaga mag‘lub bo‘ldi. Afg‘oniston – Yaman uchrashuvi 0:2 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, birinchi turda zafar quchgan Yaman hamda Indoneziya 3 ochko jamg‘arib, 1-2-o‘ringa ko‘tarildi. Mag‘lub jamoalar gollar nisbatiga ko‘ra 3-4-pog‘onada qoldi.

Mazkur guruhdagi ikkinchi tur o‘yinlari ham 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi va ushbu turda Janubiy Koreya – Afg‘oniston, Yaman – Indoneziya o‘smirlar terma jamoalari maydonga tushadi.

“D” guruhida O‘monni 1:2 hisobida yenggan Tojikiston futbolchilari 3 ochko bilan guruh karvonboshisiga aylangan bo‘lsa, Eron – KXDR uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi hamda jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib olgan holda 2-3-o‘rinda qoldi.

Endi ikkinchi turda O‘mon – Eron, Tojikiston – KXDR jamoalari o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi. Bahslar 8 aprel kuni tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo chempionatining guruh bosqichida eng yaxshi natija qayd etgan 2 ta terma jamoa chorak finalga yo‘l oladi. Ushbu 8 jamoa esa Qatar mezbonlik qiladigan mundialdan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston U17 terma jamoasi jahon chempionati ostonasida