Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U17 yosh toifasida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining guruh bosqichi uchinchi turini “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvi boshlab berdi.

Mazkur o‘yinda O‘zbekiston U17 terma jamoasi raqiblar darvozasini javobsiz uch bor ishg‘ol etdi. Termamizga g‘alaba keltirgan gollarga Jamshidbek Rustamov (dubl) va Asilbek Aliyev mualliflik qildi. Shuningdek, guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Xitoy 2:0 hisobida Tailand termasini mag‘lub etdi.  

Shu tariqa, mazkur guruhda O‘zbekiston 9 ochko bilan birinchi bo‘ldi, Saudiya Arabistoni terma jamoasi 6 ochko to‘plab ikkinchi, Xitoy termasi 3 ochko bilan uchinchi o‘rindan joy oldi. Tailandlik futbolchilar ochkosiz so‘nggi pog‘onada qoldi.

Endi futbolchilarimiz chorak finalda “B” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa bilan raqobatlashadi. Saudiya Arabistoni esa mazkur guruh g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun, 10 aprel kuni “B” va “C” guruhida uchinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.  

“B”: Avstraliya – Yaponiya, Vetnam – BAA;

“C”: Janubiy Koreya – Yaman, Afg‘oniston – Indoneziya.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston U17 terma jamoasi guruhda tengsiz