Futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogining yarim finalida O‘zbekiston — KXDR va Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

Yarim finalning dastlabki uchrashuvida musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya termalari maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangani bois, g‘olib jamoa nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi va final bosqichiga chiqdi.

Toif shahridagi «Qirol Fahd« stadionida o‘tgan O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari uchrashuvida futbolchilarimiz yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Islom Ismoilov boshchiligidagi terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Sadriddin Hasanov, Jamshidbek Rustamov va Abubakir Shukrullayev mualliflik qildi.

Shu tariqa, Osiyo kubogining so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari kuch sinashadigan bo‘ldi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur jamoalar musobaqa doirasida “A” guruhida ham o‘zaro to‘qnash kelgan va unda futbolchilarimiz 3:0 hisobida zafar quchgan edi.

Mazkur final o‘yini 20 aprel kuni Toif shahridagi «Qirol Fahd« stadionida tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: 2023 yil 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi Tailandda o‘tkazilgan bo‘lib, unda terma jamoamiz Saudiya Arabistonini chorak finalda yenggan va o‘z ishtirokini yarim finalda yakunlagan edi. Musobaqa g‘olibi Yaponiya terma jamoasi bo‘lgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston U17 terma jamoasi — finalda