O‘zbekiston U-23 Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
Aichi–Nagoya – 2026 XX Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yurishini davom ettirmoqda. Ravshan Haydarov shogirdlari chorak finalda Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston uchrashuvni faol boshladi va buning samarasini uzoq kuttirmadi. 12-daqiqada Sardorbek Bahromov jarima zarbasini ijro etdi. Saudiya Arabistoni darvozaboni to‘pni qaytargan bo‘lsa-da, vaziyatni yaxshi kuzatgan Dilshod Murtazoyev qaytgan to‘pni darvozaga joylab, hisobni ochdi — 1:0. Birinchi bo‘lim aynan shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning dastlabki qismida saudiyaliklar faollikni oshirib, hisobni tenglashtirishga harakat qildi. O‘zbekiston esa himoyada tartibli harakat qilib, qulay vaziyatlarda tezkor hujumlarga o‘tishga intildi.
77-daqiqada Azizbek To‘lqinbekov Saudiya Arabistoni darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoamiz ustunligini ikkitaga oshirdi — 2:0. Uchrashuv yakuniga yaqin O‘zbekiston yana bir bor o‘z imkoniyatidan foydalandi.
87-daqiqada Firdavs Abdurahmonov uchinchi golni kiritib, bahsning yakuniy hisobini o‘rnatdi — 3:0.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport