O‘zbekiston va Turkmaniston qardosh xalq, madaniyati va san’ati mushtarak millat sifatida azaldan o‘zaro hamkorlikda, birdamlikda bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham ikki davlat o‘rtasida barcha darajalarda samarali muloqot olib borilmoqda. Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, Ishbilarmonlar kengashi, Hududlar forumi, madaniyat kunlari, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. Yaqin yillarda tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bundan tashqari, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida o‘zaro manfaatli kooperatsiya rivojlanmoqda. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining yig‘ilishida dastlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning ahamiyati haqida fikr yuritildi. 

Ta’kidlanganidek, ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Ushbu hamkorlik har ikki tomon uchun ham, ayniqsa, tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratadi. Shunday ekan, fraksiya a’zolari ham uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlashda ishtirok etishi lozimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Turkmaniston: qardosh xalqlar hamkorligi rivojlanib bormoqda