O‘zbekiston - Turkiya: kommunal sohada hamkorlik
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Turkiyaning “Apsiyon” kompaniyasi bilan boshqaruv kompaniyalari va shirkatlar faoliyatiga oid muzokaralar olib bormoqda.
Har ikki davlatdagi bu boradagi amaliyot taqqoslangan holda sohaga doir muammolar, kamchilik va yutuqlar o‘zaro tahlil qilinib, soha rivoji yo‘lida aniq takliflar shakllantirilmoqda.

Xususan, kuni kecha turkiyalik ekspertlar Toshkent viloyatining Angren shahridagi Dukkent qo‘rg‘onida bo‘lib, u yerdagi ko‘p xonadonli uylar holati va aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganishdi.
Ma’lumot o‘rnida: Respublikamizda jami 37 402 ta ko‘p xonadonli uylar mavjud bo‘lib, ularga 4 203 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari va 249 ta boshqaruv tashkilotlari xizmat ko‘rsatib kelmoqda.