Özbekiston-Turkiya: iqtisodiy hamkorlik yangi bosqiçda
Xalqlar örtasidagi döstlik yillar davomida şakllanadi, davlatlar örtasidagi işonç esa amaliy hamkorlik va muştarak manfaatlar orqali mustahkamlanadi. Özbekiston va Turkiya munosabatlarining bugungi iqtisodiy aloqalari zamirida ham asrlar davomida şakllangan tarixiy yaqinlik bilan bir qatorda, sönggi yillarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning samaralari ham mujassam.
Bugun yurtimiz xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tobora faol iştirok etayotgan, xorijiy investorlar uçun oçiq va işonçli hamkor sifatida öz mavqeini mustahkamlayotgan ölkaga aylanmoqda.
Ayniqsa, Turkiya bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Turkiyaning sanoat, quriliş, töqimaçilik, farmatsevtika va xizmatlar sohasidagi tajribasi diyorimizning boy tabiiy resurslari va Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy mavqei bilan uyğunlaşib, özaro manfaatli şeriklik uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Islohotlar samarasi: savdo aloqalari yangi surʼat olmoqda
Taʼkidlaş kerakki, Turkiya bugun Özbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlari qatorida mustahkam örin egallagan. Tovar ayirboşlaş va import hajmi böyiça törtinçi, eksport hajmi böyiça esa beşinçi örinda turişi ikki davlat iqtisodiy munosabatlarining kölami va ahamiyatini körsatadi.
Raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, 2017-2025-yillarda Özbekiston va Turkiya örtasidagi savdo aylanmasi qariyb 1,9 barobarga oşib, 2025-yil yakunida 3 milliard AQŞ dollaridan oşdi. Şu yili mamlakatimiz taşqi savdo aylanmasida Turkiyaning uluşi 3,7 foizni, eksportda 3,4 foizni, importda esa 4 foizni taşkil etdi.
Bu körsatkiçlar şunçaki statistik raqamlar emas. Ularning ortida yangi bozorlarga çiqiş imkoniyatiga ega bölayotgan milliy işlab çiqaruvçilar, kengayayotgan tadbirkorlik aloqalari, yangi şartnomalar va mustahkamlanayotgan iqtisodiy şeriklik turibdi.
Albatta, savdo aylanmasining ösişi bilan birga uning tarkibini takomillaştiriş ham muhim. Xususan, Özbekistondan Turkiyaga tayyor sanoat mahsulotlari, qayta işlangan qişloq xöjaligi mahsulotlari, elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari eksportini kengaytiriş uçun hali istiqbolli imkoniyatlar mavjud.
Ikki davlat rahbarlari tomonidan özaro tovar ayirboşlaş hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş maqsadining belgilanişi hamkorlikning kelgusi yönalişlarini aniq belgilab bermoqda. Bu maqsadga erişiş uçun esa savdoning hajmi bilan bir qatorda, eksportning sifati, mahsulotlarning raqobatbardoşligi va işlab çiqaruvçilar örtasidagi kooperatsiyani ham oşiriş talab etiladi.
Investitsiya muhiti: işonçdan amaliy hamkorlikka
Respublikamizda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişlaridan biri ham aynan investitsiya muhitini tubdan yaxşilaş, xorijiy sarmoyadorlar uçun huquqiy kafolatlar va amaliy imkoniyatlarni kengaytirişdan iborat.
Bu borada Turkiya işbilarmon doiralarining mamlakatimizga qiziqişi tobora ortib borayotgani eʼtiborga molik. Ikki davlat örtasida investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisidagi bitimning mavjudligi sarmoyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlamoqda.
Joriy yil 1-yanvar holatiga köra, Özbekistonda Turkiya kapitali iştirokidagi 2137 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu xorijiy investitsiyalar iştirokidagi amaldagi korxonalar umumiy sonining 11,8 foizini taşkil etadi. Ularning 496 tasi qöşma korxona, 1 641 tasi esa 100 foiz Turkiya kapitaliga ega korxonalardir.
Yana bir muhim raqam: 2017-2025-yillarda Turkiyadan Özbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan töğridan-töğri investitsiyalar va kreditlar hajmi jami 9 milliard dollarga yetdi. Şundan 2,6 milliard dollari 2025-yil hissasiga töğri keldi.
Toşkentdagi tarixiy muloqot: islohotlar natijasi yangi loyihalarda namoyon bölmoqda
2026-yil 19-noyabr kuni poytaxtimizda Özbekiston-Turkiya Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda Prezident Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boşçiligidagi nufuzli delegatsiya iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan bilan erişilgan kelişuv asosida taşkil etilgan uşbu yangi mexanizm ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligiga qöşimça surʼat bağişlaşga qaratilganini taʼkidladi. Toşkentda taşkil etilgan biznes forumda 200 dan ziyod işbilarmonning iştirok etişi ham alohida eʼtiborga molik. Bu ikki mamlakat tadbirkorlarining özaro hamkorlikni kengaytiriş, yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va qöşma işlab çiqarişni yölga qöyişga bölgan qiziqişi yuqoriligini körsatadi.
Yiğilişda mamlakatimizda sönggi yillarda amalga oşirilgan islohotlarning natijalari va kelgusi strategik vazifalar haqida söz yuritildi. Xususan, 2017-yildan buyon Özbekiston iqtisodiyoti uç barobar ösgani, 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb etilgani qayd etildi.
Bu raqamlarning öziyoq ölkamiz iqtisodiy taraqqiyotida yuz bergan özgarişlar kölamini anglaş uçun yetarli. Bugun yirik xalqaro kompaniyalar va investorlar bilan teng şeriklik asosidagi hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda.
Endi oldimizda yanada ulkan maqsadlar turibdi. 2030-yilga qadar yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkaziş, sanoat işlab çiqarişini ikki barobar oşiriş, uşbu tarmoqda 2 millionta yuqori daromadli iş örni yaratiş va yuqori texnologik mahsulotlar uluşini uçdan bir qismga yetkaziş rejalaştirilgan.
Albatta, bunday maqsadlarga erişişda zamonaviy texnologiyalar, yirik investitsiyalar va xalqaro sanoat kooperatsiyasi hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Şu jihatdan, Turkiya bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş iqtisodiy islohotlarning mantiqiy davomi sifatida namoyon bölmoqda.
Özbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat. Bugungi iqtisodiy taraqqiyot faqat resurslarni qazib oliş bilan emas, balki ularni çuqur qayta işlaş, tayyor mahsulot işlab çiqariş va taşqi bozorlarga yetkazib beriş bilan belgilanadi.
Kengaş yiğilişida uşbu masalaga alohida eʼtibor qaratildi. 2030-yilga qadar yurtimizda oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuşni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quvvatlarini esa 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.
Bu körsatkiçlar toğ-kon sanoatida nafaqat işlab çiqariş hajmini oşiriş, balki mineral resurslarni qayta işlaşning yangi bosqiçiga ötiş vazifasini ham anglatadi. Şu bois, turk kompaniyalari toğ-kon sanoati, mineral resurslarni çuqur qayta işlaş va metallurgiya sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga taklif etildi.
Energetika sohasidagi maqsadlar ham mamlakatimizdagi iqtisodiy transformatsiyaning muhim yönalişlaridan biridir. 2030-yilga qadar qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini 25 gigavattga, ularning elektr energiyasi işlab çiqarişdagi uluşini 54 foizga yetkaziş közda tutilmoqda.
Bu borada Turkiya kompaniyalarining quyoş va şamol energetikasi, energetika infratuzilmasi va energiya tejamkor texnologiyalar sohasidagi tajribasidan foydalaniş katta ahamiyatga ega.
Yana bir istiqbolli taşabbus – Jizzax viloyatida taşkil etilayotgan Atom sanoati maxsus sanoat zonasidir. Unda 15 ta yönaliş böyiça mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan bölib, ular Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarida barpo etiladigan atom elektr stansiyalari ehtiyojlariga ham yönaltiriladi.
Bu kabi loyihalar mamlakatimizda yuqori texnologik sanoatni şakllantiriş, yangi işlab çiqariş kompetensiyalarini özlaştiriş va mintaqaviy kooperatsiyani kuçaytirişga xizmat qiladi.
Bugun Özbekiston va Turkiya munosabatlari yangi mazmun va yangi iqtisodiy imkoniyatlar bilan boyib bormoqda. Savdo aylanmasining ösişi, Turkiya kapitali iştirokidagi korxonalar sonining köpayişi, milliardlab dollarlik investitsiyalarning jalb qilinişi va Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning taşkil etilişi bu jarayonning amaliy natijalaridir.
Eng muhimi, uşbu natijalar diyorimizda amalga oşirilayotgan oçiqlik, iqtisodiy liberallaşuv, xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş va xorijiy investitsiyalarni jalb etişga qaratilgan islohotlar bilan bevosita boğliqdir.
Agar ilgari hamkorlik asosan savdo-sotiq va ayrim investitsiya loyihalari bilan çeklangan bölsa, bugun ikki mamlakat birgalikda yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqariş, sanoat zanjirlarini şakllantiriş, energetika infratuzilmasini rivojlantiriş va uçinçi mamlakatlar bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Bu esa hamkorlikning mazmunan özgarayotganini anglatadi. Endi maqsad faqat köproq tovar sotiş emas, balki birgalikda işlab çiqariş, birgalikda investitsiya kiritiş, texnologiyalarni özlaştiriş va yangi iqtisodiy qiymat yaratişdan iborat. Binobarin, ölkamizda amalga oşirilayotgan islohotlarning eng muhim natijasi ham ana şunda – Yangi Özbekistonning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi örni mustahkamlanmoqda, xorijiy hamkorlar uçun yangi imkoniyatlar oçilmoqda va milliy tadbirkorlik salohiyati tobora kengaymoqda.
Jasurbek Otaniyozov,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor