O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishini boshladi
Jahon matuboti sahifalarida
The News International. Pokistan. O‘tgan haftada O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishini boshladi. Umumiy qiymati 5 mlrd dollarga teng magistral loyiha Markaziy Osiyoni Pokiston portlari bilan birlashtiradi. Shu munosabat bilan Termiz shahrida transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Pokiston vakillari uchrashuv uchun alohida minnatdorchilik bildirishdi. “Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor temir yo‘li mintaqa kelajagi uchun katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin”, - deydi Pokiston investitsiyalar komissiyasi rahbari Muhammad Azfar Axsan. Afg‘onistonning mintaqa mamlakatlarini birlashtiruvchi roli sababli mamlakatni “Osiyo yuragi” deb atashgan, deb qo‘shimcha qildi mutaxassis. Uning so‘zlariga zkra, yangi loyiha mamlakatga Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasiga qo‘shilish imkonini beradi.
Uchrashuv doirasida shuningdek, uchta mamlakat o‘rtasidagi avtomobil yuk tashuvlari masalalari va ularning yechimlari ham muhokama qilindi. Tadbir yakunida Pokiston va Afg‘onitonning 7 ta kompaniyalari bilan memorandum va kelishuvlar imzolandi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston banklariga 210 mln mablag‘ ajratadi
CentralAsia. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Savoga ko‘maklashish dasturi doirasida O‘zbekistonning to‘rtta bankiga 210 mln miqdorida mablag‘ ajratdi.Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mablag‘larning 60 mln dollari «Asaka» banki, 30 mln dollari — «Ipoteka-banki», 40 mln dollari Milliy bank va 80 mln dollari “O‘zsanoatqurilishbank”ga taqdim etildi. Xalqaro moliya instituti tomonidan taqdimetilgan kredit mablag‘lari o‘zbek eksportchilari va importchlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda bank O‘zbekistonning 106 ta loyihasiga 2,85 mlrd yevro miqdorida sarmoya kiritdi.
O‘zbekistonda Namangan –Olma-ota aviatqatnovlari yo‘lga qo‘yildi
CentralAsia. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining matbuot xizmati tarqatgan xabarlarga ko‘ra, mamlakatdan Olma-otaga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. “30 martdan boshlab "Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyatining “Sharqiy” loyihasi doirasida Namangan – Olma-ota – Namangan yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar amalga oshiriladi”, - deb xabar qilinadi. Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda 114-yoshli fuqarogabirinchi marta pasport beriladi
CentralAsia. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi Yuksalish mahallasida istiqomat qilayotgan 114 yoshli Hayit Bayramova birinchi marta pasport oladi. Bu haqda Mirishkor tumani hokimiyati matbuot xizmati shunday xabar qiladi. Fuqaroning farzandlari 1908 yilda tavallud topgan onalarining tug‘ilganini tasdiqlash maqsadida tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishgan. Shu munosabat bilan Hayit Bayramovaning xonadoniga sayyor sud tashkil qilindi. Tez orada fuqaroga shaxsni tasdiqlash guvohnomasi beriladi.
Bizning “Jahon matbuoti sahifalarida” nomli yangi ruknimizga oid tilaklaringiz, taklif va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA