Yurtimizda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati iqtisodiyotning muhim eksport yo‘nalishlaridan biri sifatida jadal rivojlanmoqda. Sohani modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmi va eksport geografiyasi kengayib boryapti. Xususan, klaster tizimining yo‘lga qo‘yilishi xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirmoqda.

Shu bilan birga, xalqaro standartlarga mos va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishning kengayishi mahalliy brendlarimizning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.  

Bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da o‘z ishini boshlagan “TextileExpo Uzbekistan-2025 Bahor” 24-xalqaro ko‘rgazmasi soha yutuqlarini keng jamoatchilikka namoyon etayotgan muhim platformaga aylandi.  

Mazkur ko‘rgazma “Iteca Exhibitions” kompaniyasi hamda “ICA Eurasia Group” xalqaro ko‘rgazma uyushmasi va qator mahalliy tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.  

– “TextileExpo Uzbekistan” xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasi ilk bor 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadlaridan biri mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va sohaning eksport salohiyatini oshirishdan iborat. O‘tgan yillar mobaynida ko‘rgazma bosqichma-bosqich rivojlanib, bozor ehtiyojlari va xalqaro tendensiyalarga mos ravishda o‘z formati va nomini yangilab bordi. 2018 yildan e’tiboran tadbir “UzTextile Expo” brendi ostida o‘tkazilib kelingan bo‘lsa, joriy yilda u o‘zining tarixiy nomi, ya’ni “TextileExpo Uzbekistan”ga qaytdi. Bu an’anaviy tadbir orqali mamlakatimizdagi eksportyor korxonalar bilan xalqaro hamkorlar o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilib, sohaning innovatsion rivojiga hissa qo‘shilmoqda. Har yili o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli tadbir to‘qimachilik sohasidagi yutuqlarni namoyon etish, istiqbolli loyihalarni ilgari surish va milliy brendlarimizni jahon bozorida tanitishda muhim o‘rin tutadi, – dedi “Iteca Exhibitions” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Oyimxon Bobojonova.  

Bu yilgi ko‘rgazmada 165 dan ortiq kompaniya va brend, shu jumladan, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkiyadan vakillar ishtirok etmoqda. Shuningdek, 100 dan ziyod xalqaro bayerlar, riteylerlar va yetkazib beruvchilar ham mehmon sifatida tashrif buyurgan.  

Ekspozitsiyalarda turli toifadagi to‘qimachilik mahsulotlari: kalava ip, trikotaj va ipak matolar, uy tekstili, poyabzal va aksessuarlar, qayta ishlangan materiallar, tibbiy tekstil, bo‘yoq va kimyoviy moddalar, qadoqlash mahsulotlari namoyish etilmoqda. Ayniqsa, joriy yilda ko‘rgazmaning yangi yo‘nalishlar, xususan, paxta va tola mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak, ichki kiyimlar, qayta ishlangan matolar va tibbiy yo‘nalishdagi to‘qimalar bilan boyitilgani sohadagi yangi tendensiyalarning yorqin ifodasi bo‘ldi.  

E’tiborlisi, ko‘rgazma nafaqat yirik sanoat sub’ektlarini, balki kichik biznes vakillarini ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” maxsus stendi orqali milliy mahsulotlar jahon hamjamiyatiga namoyon etilmoqda. Ushbu stendda ichki bozorda va eksportga mo‘ljallangan tayyor kiyimlar, jinsi matolar, uy tekstili, ish kiyimlari va turli aksessuarlar o‘rin olgan.  

– Bunday ko‘rgazmalar biz, ishlab chiqaruvchilar uchun juda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozor uchun ham mahsulotlarimizni taqdim etish imkoniga egamiz. Bu galgi ko‘rgazmada ekologik toza va qayta ishlangan matolarga asoslangan mahsulotlarimizni keng namoyon etyapmiz. Ularni Turkiya, Qozog‘iston va bir qator Yevropa mamlakatlaridan kelgan xaridorlar qiziqish bilan ko‘zdan kechirmoqda. Xalqaro aloqalar uchun yaratilgan qulay muhit esa faoliyatimizni yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratyapti, – dedi “Zelal Tekstil” kompaniyasi  menejeri Iroda Ma'rupova.  

Bayerlar dasturi esa xorijiy ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlab, samarali hamkorliklar uchun yangi eshiklarni ochmoqda.

Mahalliy ishbilarmonlarning xalqaro bozordagi ishtirokini ta’minlash, mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etishda bunday tadbirlar o‘ta muhim o‘rin tutadi.  

Ko‘rgazma 16 may kuni o‘z ishini yakunlaydi.  

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda