O‘zbekiston – Tojikiston sarhadlarida hayot yana jonlandi (+video)
2018-yil O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinib, ko‘p yil davomida yopiq turgan chegaralar qayta ochildi. Qarordan keyin bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy faollik sezilarli darajada oshib, yana hayot qaynay boshladi.
Masalan, Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Oybek” chegara-bojxona postida ham muntazam va erkin harakat ta’minlangan. Nazorat jarayoni soddalashtirilgan, infratuzilma yangilangan. O‘tib-qaytish uchun qulay sharoit yaratilgani aholi tomonidan e’tirof etilmoqda.
O‘zA ijodiy guruhi ushbu manzilda bo‘lib, o‘zbek va tojik fuqarolarining ayni mavzudagi fikrlarini o‘rgandi.
Ayniqsa, chegaraga yaqin yashaydiganlar uchun bunday o‘zgarish hayotiy ahamiyatga ega. Qarindosh-urug‘ bilan bordi-keldi tiklangan, savdo-sotiq faollashgan, kichik biznes imkoniyati kengaygan.
Holat shundan dalolat bermoqdaki, qayta tiklangan O‘zbekiston – Tojikiston munosabati faqat transport harakati emas, balki ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy va ma’naviy bog‘liqlik yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
To‘liq videoni O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/3K6_q3Pczmc?si=jeD0kQUELHX517ZB" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dilshod Hakimov,
Doniyor Yoqubov (video),
O‘zA