O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dehli shahrida 5-6 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo – Hindiston" 4-vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Vakilimiz tadbir doirasida Bosh vazir Narendra Modi qabulida ham bo‘lib, ushbu davlat rahbariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdi.
Uchrashuvda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, texnologik hamkorlikni rivojlantirish, barqaror taraqqiyotni ta’minlash kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz hamkorligi asnossida salmoqli natijalarga erishildi, ko‘plab yangi tashabbuslar ilgari surildi. Shu bilan birga oldimizda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami yanada ko‘p. Shubhasiz, ushbu platforma mintaqamiz va Hindiston o‘rtasidagi mavjud aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.