“Dunyoga nazar” tahliliy dasturi
Bugungi kunda xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan murakkab va tez o‘zgaruvchan jarayon har bir davlatdan tashqi siyosatga nisbatan yanada barqaror, pragmatik va keng qamrovli yondashuvni talab qilmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz tashqi siyosat bobida keng qamrovli islohotlar amalga oshirmoqda. Davlatimiz samarali diplomatiya orqali nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda ham tinchlikni mustahkamlash, iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish va yoshlar kelajagini ta’minlashga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlari bilan xalqaro maydonda tilga tushgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi yangi O‘zbekiston tashqi siyosati ochiqlik, ishonch va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida shakllanib, o‘lkamizni jahon sahnasida ishonchli va faol sherik sifatida namoyon etmoqda, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
- Davlatimiz rahbarining Ozarbayjonga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlarga nechog‘li ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
- O‘zbekistonning IHT doirasida mintaqaviy integratsiya jarayonidagi o‘rni qay darajada?
- JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi ishlar, umuman yurtimizning iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishidagi faoliyati qanday shakllanmoqda?
- Xalqaro tashkilotlar qaysi omillarga ko‘ra mamlakatimizning mintaqaviy hamkorlikka oid tashabbuslarini yuqori baholamoqda?
- Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati qay darajada?
Mazkur savollarga javob olish maqsadida ekspertlarni davra suhbatiga chorladik.
Ushbu ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oauNcwXoSnQ" title="O‘zbekiston – tinchlik, taraqqiyot va yoshlar kelajagi uchun samarali diplomatiya namunasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘tkir ALIMOV, Shahnoza TOSHTEMIROVA, Ulug‘bek TO‘XTAEV (videomuhandis).
O‘zA