Yangilangan Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning tashqi siyosatiga oid qator normalar o‘z aksini topgan.

Jumladan, O‘zbekiston tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanishi belgilangan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Yangilangan Konstitutsiya — tinchlikparvar va pragmatik tashqi siyosat asosi” mavzusidagi davra suhbatida ayni  jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz tashqi siyosiy faoliyatni amalga oshirishda davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish bundan buyon ham e’tibor markazida bo‘lishi lozim.

Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi belgilab qo‘yilgan.

Davra suhbatida keyingi yillarda Mudofaa qo‘shinlarining jangovar shayligini va qobiliyatini oshirish, ularni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarni tayyorlash, harbiy qismlar va bo‘linmalarda harbiy intizomni mustahkamlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha jadal islohotlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Tadbirda sohaga oid tegishli qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston tashqi siyosatining huquqiy asosi