Özbekiston tarixi Germaniya arxivlarida (+video)
Germaniya arxivlari va muzeylarida Özbekiston hamda butun Markaziy Osiyo tarixiga oid ulkan madaniy, arxeologik va diplomatik meros saqlanadi. Ayniqsa, sönggi tadqiqotlar natijasida Berlin va boşqa şaharlardagi arxivlardan vatanimiz tarixining eng buriliş nuqtalariga oid noyob hujjatlar topilgan.
Prezidentimizning 2019-yil 20-sentabrdagi "Özarxiv" agentligining faoliyatini takomillaştiriş töğrisida"gi qarorida arxiv işi va iş yuritiş sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilğor iş tajribasini örganiş va ommalaştiriş, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Özbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib keliş böyiça aniq vazifalar belgilandi.
Hozirgi kunga qadar "Özarxiv" agentligi faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan mazkur sohada Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Tatariston, Qozoğiston, Tojikiston davlat arxivlarida saqlanayotgan minglab hujjatlarning elektron nusxalari Özbekiston Milliy arxiviga olib kelindi va alohida elektron jamğarma taşkil etildi. Boşlangan işlarning mantiqiy davomi sifatida "Özarxiv" agentligi qoşida tuzilgan işçi guruh aʼzolari — professor Muhayyo Isakova va Nasriddin Mirzayevlarning Germaniyaga xizmat safari taşkil etildi.
Olimlarimiz Berlin şahrida joylaşgan 3 ta yirik davlat arxivida — Prussiya madaniy merosi maxfiy davlat arxivi, Germaniya Federal arxivi va Taşqi işlar vazirligi arxivida özbek xalqi va davlatçiligi tarixiga oid arxiv hujjatlarini aniqlaş hamda nusxalarini olib keliş borasida tadqiqot olib bordilar.
Muhayyo Turdaliyeva, Oybek Davronov, Anvarxöja Ahmedov, ÖzA