O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 2 yillik rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi (+video)
Ikki yil davom etgan rekonstruksiyadan so‘ng O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi qayta o‘z faoliyatini boshladi.
So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash va uni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ezgu sa’y-harakatlarning yana bir amaliy natijasi sifatida qariyb ikki yil davom etgan rekonstruksiyadan so‘ng O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi qayta o‘z faoliyatini boshladi.
Qadimgi insonlar hayoti…
Bronza davri…
Ilk davlatchilik…
Antik sivilizatsiya…
Birinchi Renessans…
Amir Temur va Temuriylar davri…
O‘zbek xonliklari…
Rossiya imperiyasi va sovet mustamlakachiligi…
Jadidchilik harakati…
Va nihoyat, mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotigacha bo‘lgan butun tarix bir ekspozitsiyada jamlangan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DZTyoEAHhBo" title="O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 2 yillik rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA