Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Suriya biznes forumi o‘tkazildi (+video)

Toshkent shahrida ilk bor O‘zbekiston–Suriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik, logistika, qurilish, elektrotexnika va turizm sohalarini ifodalovchi qariyb 200 nafar tadbirkor ishtirok etdi.

Forum O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan Suriya Arab Respublikasi nufuzli delegatsiyasi doirasida tashkil etildi. Delegatsiyaga Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti A’la Umar al-Ali boshchilik qildi.

Forum doirasida ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, agrosanoat, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va yetkazib berish, farmatsevtika, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti, savdo uylari va doimiy shourumlar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, muntazam ravishda eksport ko‘rgazmalari, yarmarkalar va B2B missiyalarini yo‘lga qo‘yish, suriyalik hamkorlar uchun bozorga kirishning soddalashtirilgan raqamli mexanizmlarini yaratish hamda ayrim tovar pozitsiyalarini yetkazib berishni boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/ijfKmcgq0xk?si=RV-7kDpXNfgxoNP7" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Nishonboy Abduvoitov,

 Iskandar Ismatov, O‘zA