Bugun, 11-may kuni Tailandning Bangkok shahrida Osiyo olimpiya kengashining 43-Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli sport anjumanida Osiyo olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov boshchiligidagi O‘zbekiston sport delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Anjuman oldidan yurtimiz sport delegatsiyasi Osiyo qit’asi olimpiya harakati mutasaddilari bilan bir qator uchrashuvlarni o‘tkazdi.

Osiyo olimpiya kengashining amaldagi rahbari Raja Singx va OOK Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam bilan bo‘lib o‘tgan samimiy ruhdagi suhbatlar davomida “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari haqida so‘z bordi.

OOK mutasaddilari O‘zbekiston bo‘lajak musobaqani yuqori saviyada o‘tkaza olishini ta’kidlashdi.

Shuningdek, yurtimizda suv sporti turlari rivojini yangi bosqichga olib chiqish, murabbiy va hakamlar uchun taniqli ekspertlar ishtirokida ko‘proq seminarlar tashkil etish kabi mavzular muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida “Toshkent-2025” o‘yinlari uchun qurilayotgan zamonaviy suv sporti havzasi va undan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.  

Mamlakatimiz olimpiya harakati delegatsiyasi Osiyo Olimpiya kengashi bosh assambleyasi doirasida bir qator davlatlarning milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari, OOK vakillari bilan manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston sport delegatsiyasi OOK Bosh assambleyasida qatnashmoqda