Kuni kecha Yangi O‘zbekiston ovozi jahon maydoni – Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarida baralla yangradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zladi. Qayd etish joiz, O‘zbekiston yetakchisi nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat taqdiri uchun dolzarb masalalarga jahon afkor ommasi e’tiborini qaratdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Hamzayev ushbu minbarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

—Tez o‘zgarayotgan dunyoda birinchi navbatda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan masalalar bor. Aynan shular bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish, dolzarb tashabbuslarni ilgari surish uchun BMT katta ta’sirga ega muhim pltaforma hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston rahbari bugun jahon jamoatchiligi oldida har qachongidan ham muhim bo‘lib turgan masalalarni ayta oldi, aniq tashabbuslarga dunyo e’tiborini qaratdi.  Aynan O‘zbekiston bundan sakkiz yil muqaddam boshlagan islohotlar natijasi, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi O‘zbekistonni barpo etish siyosati yuksak minbarda aytilgani bejiz emas. Chunki bularning barchasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la hamohangdir.  Prezidentimiz ta’kidlaganidek, O‘zbekiston har bir oila va har bir inson hayotini tubdan o‘zgartirish sari muhim qadamlarni qo‘ydi. Bir necha yil ichida kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqardi. Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga ko‘tarildi, oliy ta’lim bilan qamrov esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bu raqamlar milliy tahlillar emas, balki, Jahon moliya institutlari va mustaqil ekspertlarning tahlili. Bular natijasida millionlab ish o‘rinlari yaratildi, zamonaviy iqtisodiyot, keng ko‘lamli investitsiyalar mamlakatimizga kirib keldi.  Bu – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy yuzi, Prezident boshchiligidagi xalqimizning kuch-g‘ayrati va irodasining samarasidir.  Markaziy Osiyoda yopiq chegaralar davri tarixda qoldi. Bir necha yil oldin yopiq chegaralar, hal etilmagan bahslar haqida gapirilardi. Bugun esa Markaziy Osiyo – hamjihatlik va do‘stlik makoniga aylandi. Savdo va investitsiyalar besh barobarga oshdi. Mintaqaviy integratsiya va hamkorlikning markazida esa O‘zbekiston va uning Prezidenti turibdi.  Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tishimiz shart. O‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi, ekologik siyosat ortga qaytmas tus oldi. Bir dona giyoh o‘smagan, qurigan dengiz tubida paydo bo‘lgan Orolqum sahrosida qariyb 2 million gektarda yashil qoplamalar barpo etildi. Buning ekologiyaga samarasi, kelajakda ham qanchalik jiddiy muammolarning oldini olishi yillar o‘tgani sayin sezilaveradi. Yoki yashillikni, daraxtlarni ko‘paytirish, suvni tejovchi texnologiyalarni jadal joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarni olaylik. Bu muhim aspekt. Aytishimiz kerak, yuz berishi mumkin bo‘lgan ekologik inqirozlar, global isishdan barchamizni qutqaradigan ikkita eng muhim nuqta – bu daraxtni, yashillikni ko‘paytirish va suvni tejash.  Shu bois ham O‘zbekiston yetakchisi eng muhim yo‘nalishlar qatorida dolzarb ekologik masalalarga ham dunyo hamjamiyati e’tiborini qaratdi.  O‘zbekiston YUNIDO bilan sanoatda “yashil” texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil etish, mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, “yashil” makon barpo etish hamda demografik barqarorlikka erishish bo‘yicha dasturlarni qabul qilish tashabbuslari bilan chiqishi qayd etildi.  Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish va suv taqchilligi kabi insoniyatni bezovta qilayotgan muammolarga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Orol fojiasi nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo uchun dard ekani yana bir bor yangradi.  Aynan BMT minbarida Prezidentimizning Suvni tejash bo‘yicha Butunjahon forumini o‘tkazish tashabbusi, insoniyatni birlashtiruvchi ulkan g‘oya sifatida qabul qilindi. O‘zbekiston rahbari ekologik o‘zgarishlarning yana bir jiddiy oqibati iqlim migratsiyasi yo‘nalishida haligacha samarali xalqaro mexanizm va huquqiy baza yaratilmaganini ta’kidladi.  

Shu munosabat bilan global miqyosda muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish va aniq choralar ko‘rish maqsadida Iqlim migratsiyasi bo‘yicha Global pakt qabul qilish taklifini ilgari surdi.

Bu kelajakda butun dunyo mamlakatlari uchun ko‘ndalang bo‘ladigan jiddiy muammoga tayyor turish sari muhim qadam bo‘lishi shubhasiz.  

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezidentimiz tashabbuslarini yuksak baholadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti, Turkiya, Fransiya, Koreya, Janubiy Afrika va boshqa davlat yetakchilari Prezidentimiz siyosiy irodasini alohida e’tirof etdi. Bu – O‘zbekiston so‘ziga quloq tutayotgan dunyo, tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotgan hamjamiyatning yaqqol ko‘rinishi.  Davlatimiz rahbarining BMT yuksak minbaridagi nutqi nafaqat siyosiy bayonot, balki Yangi O‘zbekistonning qat’iy yo‘li, xalqimizning kuch-quvvati va orzu-umidlarining ifodasi bo‘ldi.  

Nigora Rahmonova,  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston so‘ziga quloq tutayotgan dunyo, tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotgan hamjamiyat