Dunyo mamlakatlari tajribasidan ma’lumki, muayyan davlatda demokratiyaning o‘rnatilishi va mustahkamlanishi o‘ziga xos qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Bugun modernizatsiya hamda transformatsiya jarayonlari globallashuvning ta’siri negizida dunyoning barcha mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlarga avvalgidan shiddatli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jamiyatda siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va islohotlarning huquqiy maqomini belgilashda parlamentning roli beqiyos. Zero, uning asosiy siyosiy mavqei, avvalo, aholining tanlovi (ya’ni saylovlar orqali) hamda ishonchi bilan shakllanishida namoyon bo‘ladi. 

Singapur parlamentining shakllanishi 1819 yil bilan bog‘liq bo‘lib, u Buyuk Britaniya mustamlakachilik tizimidagi birinchi o‘zining parlamentiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida mustaqillik uchun ilk qadamni qo‘ygan. Keyingi yillarda aynan parlament faoliyatida fuqarolarning ishtiroki hamda siyosiy partiyalarning konsolidatsiyasi natijasida 1965 yilda Singapur o‘z mustaqilligiga erishdi va shu yildayoq Singapur davlat parlamenti (ya’ni, mustaqil, milliy parlament sifatida) nomini oldi. Kuchli parlament – uzoq yillik evolyutsiya hamda uning asosiy faoliyat sub’ektlari va ob’ektlari o‘rtasidagi munosabatlari natijasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan Singapur parlamentining faoliyati va siyosiy tizimni mustahkamlashdagi sa’y-harakatlari tufayli ushbu mamlakat keyingi 30 yil davomida Osiyodagi qudratli davlatlar sirasiga kirishida alohida o‘rin egalladi.  

“Knight Frank and Citi Private Wealth” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida Singapur aholi jon boshiga daromadi yuqori bo‘lgan mamlakatlar ichida 1-o‘rinni egallashini va jarayon 2050 yilgacha davom etishi ko‘rsatilib, bu jamiyatda o‘rnatilgan siyosiy barqarorlik va unga daxldor bo‘lgan siyosiy institutlarning faoliyati bilan bog‘liqdir (Siyosiy barqarorlik bo‘yicha 10 ballik tizimda Singapur 9,5 ballga egalik qiladi).

Har bir parlament o‘zi mansub mamlakatning tarixiy rivojlanish qonun-qoidalari, sharoiti hamda fuqarolarning siyosiy madaniyati kabi xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi. Shu o‘rinda Singapur parlamentining quyidagi asosiy jihatlarini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq:  

Parlamentning asosiy vazifasi sifatida qonunchilik normalarini shakllantirish, davlat moliyaviy faoliyati ustidan nazorat hamda turli vazirliklarning parlament oldida hisobdorligini oshirish;  

Parlamentning faoliyati tashkil topgandan beri, saylangan deputatlarning vakolati muddati 5 yilni tashkil etadi, bu esa uning faoliyatini bir maromda kechishi hamda uning ish unumdorligini oshiradi;  

Singapur parlamenti bir palatali hisoblanadi;  

Singapur Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra, fuqarolar aktiv va passiv saylov huquqidan foydalanishlari mumkin hamda parlamentga 21 yoshdan o‘z nomzodlarini qo‘yish imkoniyati tasdiqlangan. Bunda davlat boshqaruvi, avvalo, yosh, kreativ fikrli insonlar bilan ta’minlanishiga alohida urg‘u beriladi. Tan olish kerak kuchli parlament, avvalo, demokratik saylovlar orqali mustahkamlanadi. Chunki Singapur eng shaffof saylov tizimiga va siyosiy texnologiyaga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri.  

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapur Respublikasiga tashrifi ushbu mamlakat bilan ko‘plab sohada o‘zaro hamkorlik rakursini shakllantirish imkoniyati sifatida alohida ahamiyatga molik. Shularni hisobga olib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Singapurga tashrif davomida ushbu mamlakat bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikning oltita asosiy yo‘nalishi ilgari surildi va ular quyidagilardan iborat:  

1) Inson kapitalini rivojlantirish va davlat boshqaruvi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash (Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi ishtirokida boshqaruv, shaharsozlik, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida birgalikda davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga kelishib olindi);  

2) Singapurni O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish. Shu ma’noda muzokaralarda Singapurning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullaridan foydalangan holda O‘zbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirish doirasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish;  

3) Ilg‘or «yashil» texnologiyalar va raqamli yechimlarni jalb qilish;  

4) Shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarini takomillashtirish;  

5) Investitsiyalar va o‘zaro savdoni kengaytirish, Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni ilgari surish;  

6) Jamoat xavfsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlikni asrash va radikalizmga qarshi kurashish borasida tajriba almashish.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, muayyan mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta’minlash bugungi kunda davlatlar oldida turgan eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada asosiy siyosiy institutlar, ayniqsa, parlamentning o‘rni va rolini oshirish hamda uning ishlash mexanizmlari va texnologiyalarini ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalangan holda qo‘llash muhim sanaladi.  

Bu esa davlatda demokratiya yanada mustahkamlanishiga va natijada aholi farovonligi yanada yaxshilanishiga, inson omilini himoya qiluvchi boshqaruv tizimi shakllanishiga xizmat qiladi. Zero, kuchli davlatlar kuchli demokratik institutlar va fuqarolarning yuqori siyosiy faolligi asosida bunyod bo‘ladi.  

G‘olibjon Mahammadjonov,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi 

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti BMT o‘quv markazi boshlig‘i

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Singapur: davlat boshqaruvi sohasida hamkorlikning yangi tendensiyasi