Özbekiston şaxmatçilari Osiyo Millatlar kubogida iştirok etadi
Qit’a miqyosidagi musobaqada Özbekiston şarafini erkaklar va ayollar terma jamoalarining jami 10 nafar vakili himoya qiladi.
Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida 10–17-noyabr kunlari şaxmat böyiça Osiyo Millatlar kubogi ötkaziladi.
Qit’a miqyosidagi musobaqada Özbekiston şarafini erkaklar va ayollar terma jamoalarining jami 10 nafar vakili himoya qiladi.
Özbekiston terma jamoalari tarkibi:
Erkaklar:
GM Humoyun Begmuratov — 2517
IM Muhammadali Abdurahmonov — 2406
IM Bahrom Bahrillayev — 2400
FM Abdumajid Botiraliyev — 2368
FM Şeralijon Ravşanov — 2365
Ayollar:
WGM Afruza Hamdamova — 2447
IM Gulruxbegim Tohirjonova — 2349
WGM Umida Omonova — 2310
WFM Nilufarxon Imomqöziyeva — 2305
WIM Guldona Karimova — 2264
Bellaşuvlar jamoaviy Şveytsariya tizimi asosida 9 tur davomida taşkil etiladi.
Musobaqa reglamentiga muvofiq, har bir iştirokçiga partiya uçun 90 daqiqa ajratiladi. Har bir yurişdan söng esa şaxmatçining vaqtiga yana 30 soniya qöşiladi.
Özbekiston terma jamoalari 17-noyabrga qadar davom etadigan turnirda Osiyoning boşqa mamlakatlari vakillariga qarşi bahs olib boradi.